«Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung
tomonidan turkiy tilga o„girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 1909-
1917 yillarda rus turkshunosi S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan
va 1913-1917 yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga
nisbatan mukammalroq bo„lib, Sankt-Peterburgga saqlanadi.
4.
Sekiz yukmak
. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis olimlari V.Bang,
A.Fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934 yilda Berlinda nashr ettirganlar.
Bulardan tashqari, uyg„ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, turli afsonalardan
olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. Shuningdek, VIII-X asrlarga va
keyingi davrlarga oid juda ko„p uyg„urcha yuridik-huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu
yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq so„zlashuv tili xususiyatlari aks etgan.
G„arbiy turk hoqonligi davrida (VI-VIII asrlar) turkiy qabilalar o„troqlasha
boshlaydi. O„troqlashgan turklar shaharda hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan
shug„ullanadi, cho„l va qishloq joylarda esa dehqonchilik qiladi. Buning natijasida turkiy
qabilalarning etnik jihatdan o„zaro yaqinlashuvi va fors tillarida so„zlashuvchi xalqlar
bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari kuchayadi.
VIII asrda G„arb va Janubda – Movarounnahr hududi (Samarqand, Buxoro, Choch,
Farg„ona, Xorazm)da yashagan aholi va sug„diy-eroniy xalqlar arablar tomonidan bosib
olinadi, Abbosiylar xalifaligiga qaram bo„lib qoladi. Bu erdagi xalqlar esa islom dinini
qabul qiladi. Bu tarixiy hodisa Movarounnahrda yashagan xalqlarning, shu jumladan,
turkiy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, fan va adabiyotning rivojiga
ma‟lum darajada ta‟sir ko„rsatdi. Ayniqsa, IX asrning 2-yarmidan, Somoniylar davridan
boshlab turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy siljishlar sodir bo„ldi.
Jumladan, urug„-qabilachilik munosabatlari kuchsizlanadi, feodal munosabatlar
rivojlanib boradi.
Shu asnoda turk hoqonligi davrida turkiy qabilalar to„liq tabaqalanadi.
Markazlashish, o„zaro birlashish jarayonida qo„shilish va ajralib ketish asosida
rivojlangan turkiy tillar uyg„urlar hukmronligi davrida umumturkiy adabiy til sifatida
shakllanadi. Bu adabiy tilning tashkil topishida qarluq-chigil tillari, shuningdek uyg„ur
tili asos sifatida qatnashadi, uning taraqqiyotiga ma‟lum darajada ta‟sir qiladi. X-XII
asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida qo„llangan, ma‟lum darajada me‟yorga
solingan turkiy adabiy til qisman o„g„uz-qipchoq tillari xususiyatlarini ham o„z ichiga
olar edi. Eski o„zbek adabiy tilining xalq tili sifatida shakllanish davri ham mana shu
vaqtlarga to„g„ri keladi.
Dostları ilə paylaş: