1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)
I. A. Boduen de Kurtene 1881 yilda nashr etilgan " Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari " ( " Nekotoro‘ye otdelo‘ sravnitel'noy grammatiki slavyanskix yazo‘kov " ) nomli asarida fonemani " So‘zning umumiy antropofonik xususiyatlarga ega bo‘lgan fonetik qismidir , bu qism bir tildagi korrelyativ aloqalarni yoki bir necha til o‘rtasidagi korrespondent aloqalarni aniqlashda bo‘laklarga ajratilmaydi " deb ta'riflaydi . Shu asarning o‘zida u fonemaga " antropofonik xususiyatlar yig‘indisi " , " fonetik tip " , " mavxum umumlashma " degan ta'riflarni ham beradi .

L.V. Shcherba I.A. Boduen de Kurtenening iste'dodli shogirdlaridan biri edi . U ham dastlab ustozining fikriga hamohang ravishda fonemaga psixologik mohiyatga ega birlik sifatida qaragan . O‘zining 1912- yilda nashr qilingan " Sifat va miqdor nuqtai nazaridan rus unlilari " nomli asarida fonemani " bizning psixik faoliyatimiz mahsuli... " deb ta'riflagan . Lekin bu psixologizm L.V. Shcherbaning ilk fonologik asarlaridan biri bo‘lgan " Rus unlilari... " ning asosiy xususiyati emas edi . Unda muallif birinchi marta fonema ottenkalari va fonemaning ma'no farqlash funksiyasi haqida gapiradi . Bu asarida u fonemaga shunday ta'rif beradi: " Fonema muayyan tildagi eng kichik umumiy tovush tasavvuri bo‘lib , u ma'nolar bilan assotsiyalanish va so‘zlarni farqlay olish xususiyatiga ega , nutqda fonemani so‘zning fonetik tarkibini buzmasdan ajratish mumkin". Ko‘rinib turibdiki, asarda tovushning fizik tabiati emas , balki fonemaning funksional mohiyatiga, semantik darajadagi birliklarni farqlay olishiga alohida urg‘u berilgan .