1-§ olimpiada masalalari 5-sinf



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#38261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5-sinf tayyor

b) gektarlarda ifodalang: 280000 m2; 45 km2; 8 km2 17 gа;

d) km2 larda ifodalang: 35 ga; 17 ga 13 ar; 77600 m2; 5 km2 17 ga 6 ar.

61. 26 ta sonning o‘rta arifmetigi 12,5 ga teng. Agar bu sonlarga yana bir son qo‘shilsa, bu sonning o‘rta arifmetigi 13,5 ga teng bo‘ladi. Qanday son qo‘shilgan?

62. To‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi akvariumning o‘lchamlari 1,44 m, 75 sm, 0,58 m. Suv sathi akvarium tubidan 0,5 m balandlikda bo‘lishi uchun nechta suv to‘la uch litrli bankalar kerak bo‘ladi?

63. 1, 2, 3, 4, …, 2484 sonlari orasida nechta natural sonning kvadrati bor?

64. Hozir ota 41 yoshda, katta o‘g‘li 13, qizi 10, kichik o‘g‘li esa 6 yoshda. Necha yildan so‘ng otaning yoshi farzandlari yoshlari yig‘indisiga teng bo‘ladi?

65. Agar sonning o‘zidan boshqa barcha bo‘luvchilari yig‘indisi shu sonning o‘ziga teng bo‘lsa,bunday son mukammal son deyiladi. Eng kichik mukammal sonni toping.

66. A qishloqdan B tuman markazigacha ikkita, undan C viloyat markazigacha uchta, viloyat markazidan Toshkentgacha to‘rtta yo‘l orqali borish mumkin. Qishloqdan Toshkentga jami kelish yo‘llari nechta?

67. n sonini: 2007 ga bo‘lganda 242; 208 ga bo‘lganda 63 qoldiq chiqadi. Shu n sonni 72 ga bo‘lganda necha qoldiq qoladi?

68. O‘quvchi sinov (test)dagi 30 ta savolga javob berishi kerak. Har bir to‘g‘ri javob uchun 7 ball beriladi, har bir noto‘g‘ri javob uchun esa 12 ball ayiriladi. Agar o‘quvchi jami 77 ball to‘plagan bo‘lsa, u nechta savolga to‘g‘ri javob topgan?

69. Maktab matematika xonasidagi geometrik shakllar – uchburchak va to‘rtburchak shakllarining umumiy soni 19 ta, ularning uchlarining jami soni 65 ta. Xonada nechta uchburchak va to‘rtburchak bor?

70. Uch xonali sonning raqamlari ko‘paytmasi 22, 65, 101 ga teng bo‘lishi mumkinmi?

71. Abdulla raqamalri yig‘indisi 9 ga teng bo‘lgan sonarni 9, 18, 27, … ko‘rinishda yozib chiqdi.2025 soni bu ketma ketlikda nechanchi o‘rinda turadi.

72. Bog‘da 40 tup olma bor. Har tup olmadan o‘rta hisobda 120 kg dan olma olindi . Har 15 kg olmadan 4 kg olma qoqi tayyorlandi. Olingan olma hosilidan qancha olma qoqi tayyorlash mumkin?

73. 6 ta qalam , 5 ta daftar uchun 98 som to‘ladi. 5 ta qalamning bahosi 4 ta daftar bahosiga teng. 1 ta qalam va 1 ta daftarning narxini toping.

74. Ishchilar guruhidagi har bir kishiga topshiriqni bajarganliklari uchun bir xil miqdorda -2500 so‘mdan pul berdi. Agar guruhda 3 kishi kam bo‘lganda edi, har bir kishi 4000 so‘mdan pul olar edi. Guruhda necha kishi bo‘lgan?

75. Firma maxsulotni 372 so‘mga sotib, 7% zarar qildi. Shu maxsulotni firma necha so‘mdan sotmoqchi edi.

76. Anvar akaning qo‘y va tоvuqlarining umumiy sоni 170 ta, оyoqlarining sоni

480 ta. Anvar akada nеchta qo‘yi va nеchta tоvuqi bоr.

77. ko‘paytma nеchta nоl bilan tugaydi.

78. Qandaydir sonni 2020 ga bo‘lganda qoldiq 2019 ga teng bo‘lsa, shu sonni 5 ga bo‘lgandagi qoldiqni toping?

79. 3680 va 5060 sonlarini ayni bir songa bo‘lganda, birinchisida bo‘linma 32 ga teng bo‘lsa, ikkinchisida nechaga teng bo‘ladi?

80. Aka-ukaning puli barobar edi. Futbool sotib olish uchun ukase pulini 9/20 qismini,akasi esa pulining 8/9 qismini sarfladi. Ularning qaysi birida pul kam qolgan?

81. Abdulla quyidagi shakilning to‘la sirtini bo‘yadi. Nechta kubning 3 ta yoqi bo‘yalgan?

82. Quyidagi chizmaga ko‘ra . U holda



83. Vaqtga bog‘liq quyidagi qiziqarli savollarga javob bering.

1) Million minut necha sutka?

2) Million soat necha yil bo‘ladi?

3) Million kun necha asr bo‘ladi?

4) Odamning yuragi 1 minutda o‘rtacha 75 marta uradi. 75 yil yashagan kishining yuragi necha marta uradi?

84. Uzunligi metr bo‘lgan arqon bor. Hech qanday o‘lchov asboblarsiz uning 0,5 metrini qanday o‘lchab olish mumkin?

85. Tenglamani yeching:



86. Agar ekani ma’lum bo‘lsa, ni hisoblang.

87. Biror uchburchak chizing va ikkita to‘g‘ri chiziqni shunday o‘tkazingki, chizmada 8 ta uchburchak hosil bo‘lsin.

88. Qutida 2018 ta qizil va 2021 ta yashil sharlar bor. Qaramasdan tavakkliga olingan sharlar 1000 tadan kam bo‘lmagan qizil va 1500 tadan kam bo‘lmagan yashil shar bo‘lishi uchun qutidan kamida nechta shar olish kerak?

89. 10 metrli simyog‘ochga shilliqurt chiqmoqda. U kunduzi 3 metr chiqib, kechqurun 1 metr orqaga qaytadi. Simyog‘och tepasiga chiqish uchun necha kun kerak?

90. Raqamlarni harflar bilan almashtiring: .

91. 3ga bo‘lganda 2, 4 ga bo‘lganda 3, 5 ga bo‘lganda 4, 6 ga bo‘lganda 5, 7 gabo‘lganda 6, 8 ga bo‘lganda 7, 9 ga bo‘lganda 8, 10 gabo‘lganda 9 qoldiq qoladigan eng kichik sonni 2020 ga bo‘lganda necha qoldiq qoladi?

92. Akmalda 100 so‘mlik va 200 so‘mlik pullar bor. U 1000 so‘m pulni hosil qilishi uchun nechta imkoniyati bor?

93. Sanjar ovqatni 15 minutga dimlamoqchi. Unda 7 minutlik va 11 minutlik qum soatlar bor. Ammo ovqat aniq 15 minut dimlanishi kerak. U qanday qilib ovqatni aniq 15 minut dimlashga erishadi?

94. 30 ta o‘quvchi sport to‘garaklariga qatnashadi. Ulardan 17 tasi kurashga, 16 tasi futbolga, 28 tasi tennisga qatnashadi. Oquvchilardan 3 ta sportga ham qatnashadiganlari kamida nechta?

95. 1601 sonnining tub ekanini qanday aniqlaymiz?

96. Dastlabki 120 ta natural son ichida 3 ga va 5 ga bo‘linmaydiganlari nechta?

97. 2146, 1991 va 1805 sonlarinining har birini qanday natural songa bo‘lganda, qoldiqlar bir xil chiqadi?

98. Qulay usulda hisoblang: .

99. Qopda 32 kg mix bor. Pallali tarozida toshlardan foydalanmasdan 25 kg mixni qanday olish mukin?

100. 10 kishi nechta xil usul bilan navbatga turishi mumkin?




Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin