1-§ Tiflopedagogika fanining mavzu bahsi va vazifalari



Yüklə 63,8 Kb.
səhifə25/31
tarix29.12.2021
ölçüsü63,8 Kb.
#48260
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Estetik tarbiya. Estetik tarbiya insonning har tomonlama tarbiyalashning muhim qirralaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Estetik tarbiya borlikka (hayotga), mehnatga, tabiatga, san’atga munosabatini shakllantirish xis-tuyg‘usini tarbiyalash demakdir. Estetik tarbiya shunday kuchga egaki, san’at asarlaridaki (badiiy tasviriy) tasvirlangan syujet, xodisa, idrok etishning tasavvurida, xayolida kechilmalarda estetik xissiyotida qayta ishlanib uning o‘z tajribasiga aylanadi.

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ular jismoniy va aqliy faoliyatning o‘yin, o‘quv va mehnat kabi huquqlaridan sog‘lom tengko‘rlaridek o‘zlarini ko‘rsata olmaganliklari uchun qobiliyatlari va kuchlarini o‘z imkoniyatlari doirasidagi malaka va ko‘nikmalarni egallashda sarflaydilar. natijada aynan o‘sha sohada yuqori natijalarga erishadilar.

Masalan, san’at sohasida va adabiyot sohasida o‘z o‘rnini egallagan shaxslar mavjud. masalan: ko‘rish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan Olga Skoroxodovaning atrof-olamni qanday idrok etaman, atrof-olamni qanday tasavvur etaman, tushunaman nomli bebaxo ilmiy asarlari maxsus ta’limda keng foydalanib kelinmoqda. Balerina Lina Po 21 yoshida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. Linaning uning iste’dodi va maqsad sari intilishi tufayli taniqli xaykaltarosh bo‘lib yetiladi. Lina A.S. Pushkin, A.P. Chexovlarning portretlarini yaratadi. Lina Poning san’at asarlarini soni 100 taga yetgan.


Yüklə 63,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin