Yillik buxgalteriya hisobotiga hisobot yilida korxona faoliyati natijalariga ta’sir qilgan asosiy omillar tushuntirilgan va korxonaning moliyaviy holati aks ettirilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Ma’lumki, hisobot shakllarida korxona va tashkilotlar xo‘jalik mablag‘larining joylashishi hamda tashkil topish manbalari jadval ko‘rinishida ifoda etiladi. Jadvallardagi ma’lumotlar esa korxona xo‘jalik faoliyati, hisobot davrida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ularning sababi to‘g‘risida to‘la ma’lumot bermaydi. Bu ma’lumotlarni yuqorida aytib o‘tilgan yillik hisobotga yozilgan tushuntirish xatidan olish mumkin. Unda hisobot davrida tashkilot bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi, unga ta’sir qiluvchi omillar, shartnoma shartlarining bajarilishi, asosiy vositalardan samarali foydalanish, xarajatlar holati, rejaga nisbatan haqiqiy bajarilishi ko‘rsatiladi.
Тushuntirish xatining kirishida qabul qilingan qonunlarning bajarilishi, hukumat tomonidan chiqarilgan qarorlarning bajarilishi uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar yoziladi. Unda hisobot davrida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning qisqacha mazmuni ko‘rsatilishi kerak. Ayrim sabablarga ko‘ra belgilangan inventarizatsiya rejalari bajarilmagan bo‘lsa, uning sabablari ko‘rsatilishi kerak. Agar hisobot davrida ishlatilmay kelinayotgan asosiy vositalar mavjud bo‘lsa, uning sababi yozilishi shart. Bunda asosiy vositalardan samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T. „O‘zbekiston“, 1995.
I.A. Karimov. O‘zbekiston mustaqillik yillarida. T., „O‘zbekiston“, 1996.
I.A. Karimov. Xalqimiz farovonligining barqaror o‘sishini ta’minlash — ustuvor vazifa. „Xalq so‘zi“ gazetasi, 2001- yil yanvar.
I.A. Karimov. 2012- yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘llari hamda 2013- yilga mo‘ljallangan iqtisodiyot dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruza. Xalq so‘zi gazetasi, 2013- yil 19- yanvar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2012yil 16- iyuldagi 4453-sonli Statistik soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartibtamoillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli„Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma“ milliy standarti (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 23- oktabrda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasining „Buxgalteriya hisobito‘g‘risida“gi Qonuni. Toshkent, 1996- yil, 30- avgust.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. T., 1998.
O‘zbekiston Respublikasi „Buxgalteriya hisobining milliystandartlari“. Toshkent. O‘zbekiston Respublikasi „Buxgalteriyalar va auditorlar assotsiatsiyasi“. 2000.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliystandarti va unga sharh. Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi. „Moliya“ nashriyoti. 1999.