4-102 Adabiyot 9-sinf Sana:
Mavzu: Yakuniy dars
Darsning maqsadi:a)ta`limiy: o’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash va olgan bilimlarni mustahkamlash; b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ilm olish,adabiyotga ,badiiy asar o’qishga qiziqish ona Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilar olgan bilimlarni takomillashtirish.
Dars turi : takrorlash Dars uslubi: musobaqa,nazm gulshani,ijodiy ish. Dars jihozi : adabiyot darsligi,tarqatmalar,badiiy asarlar,g’azallar.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida :
a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kirob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; Ta’til topshiriqlari asosida suhbat: 1.Ta’tilda yod olingan darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida suhbat; 2.Darslikdan tashqari o’qilgan badiiy asarlar yuzasidan bahs-munozara.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.III chorakda o’tilgan shoir va shoiralar hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob.(Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,Oybek,Odil Yoqubov,Abdulla Oripov…) II.Qatorlararo musobaqa: III chorakda yod olingan she’rlar asosida bahr-u bayt:Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon ,Muso Toshmuhammad o’gli Oybek,Abdulla Oripov she’rlari asosida Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Ijodiy ish:”Menga yoqqan she’r”
Nafis cayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul, Viqor-la o’shshaygan qoya labida, Nafis chayqaladi bir tup na’matak… Oybekning bu misralari dilga yaqin satrlar bo’lib,unda insoniylik,kamtarlik va go’zallik tuyg’ulari tarannum etiladi.Na’matak qanchalik yuksakda bo’lmasin,u o’z go’zalligini atrofdagilarga baxsh etishdan charchamaydi.Lekin bu go’zallik bilan u saslo g’ururlanmaydi,aksincha kamtarona ruhda o’zgalarga iliq tuyg’ularni baxsh etadi.. II.Bahs:Menga yoqqan adabiy qahramonMenga Kumush Va Zebi timsollari o’zgacha taassurot qoldirdi.Chunki bu timsollarda hozirda o’zbek qizlari orasida yoqolib borayotgan samimiylik,soddalik ,kamtarinlik,mehr-muhabbat tuyg’ulari o’zgacha ruhda talqin etiladi.Asarni o’qigan sari qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi,aksincha asar sizni o’z girdobiga tortadi.Zebi va Kumush sabr qanoati,muhabbatga sadoqati… har bir qiz uchun ibrat maktabidir… Uyga vazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash.
O’quvchilar bilimini baholash. Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N