b)tarbiyaviy-o’quvchilarda ma’rifatparvarlik,Vatan sog’inchi,adabiyotga ishtiyoq tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil ,matn ustida ishlash;
Darsning jihozi:darslik,Furqat siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,taratmalar.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Ogahiy lirikasidan yod aytish va g’azallar ,tuyuqlar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat lirik she’rlari bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan,ma’rifatchilik adabiyotining darg’alaridan biri.Shoir 1859-yil Qo’qonda savdogar oilasida tug’ilgan.Otasi Mulla Xolmuhammad she’riyatga,badiiy ijofga oshno kishi bo’lgan.Dastlab mahallsidagi maktabda tahsil oladi,so’ng “Haftiyak” va “Chor kitob”ni o’qib tugatadi.sakkiz yoshida Farididdin Attorning”Mantiq ut-tayr”dostonini yod oladi.Navoiyni mutolaa qiladi.To’qqiz yoshida”Mening maktab aro buldur murodim,xatimdek chiqsa imlo-yu savodim” baytini yozgan ekan.14 yoshidamadrasa talabasi bo’ladi.Keyinchalik Marg’ilonga tog’asi yoniga borib mirzalik,xattotlik ,savdogarchilik qiladi.Badiiy ijoddan also to’xtamaydi.Furqat taxallusini qo’llab,she’rlar yozadi.1880-yil Qoqonga qaytib,ijodni davom ettiradi.”hammomi xayol”risolasini yaratadi,”Chor darvesh”,”Nuh manzar”asarlarini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qiladi.21-22 yoshida she’rlarini toplab,devon qiladi.1890-1891-yillarda Toshkentda yashab,”Turkiston viloyatining gazeti”da tarjimon bo’lb ishlaydi.1891-yildan Samarqand,Buxoro,Marv,Ashxobod,Boku,Botum,Istanbul,Iskandariya,Misr,Shom,Makka,
Madina,Bombay,Kashmir,Tibet,Xo’tan va Yorkentga sayohat qiladi va umrining oxirigacha Yorkentda yashaydi.Lekin 1906-yilgacha Turkiston ,gazeta bilan aloqani uzmaydi.Uning ijodi quyidagi asarlarni o’z ichiga oladi:1)lirika;2)publisistika,nasriy asarlar;3)tarjimalar;4)ilmiy asarlar.Furqat tarjimalari bizgacha yetib kelmagan.”To’y tavsifi”,”Gap ta’rifida”,”Aza tavsifi0,”Ilmi ash;orning qoidai avzoni”ilmiy asarlari bor.Furqat o’zining tarjimayi holi haqida yozgan maqolalar adabiyotshunoslikda “Furqatnoma”,ba’zan “Sarguzashtnoma”deb ataladi.
II.Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat haqida darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish va matn ustida ishlash.