Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida qo’shimcha adabiyotlarda berilgan ma’lumotlar ustida ishlash.
II.Abdulla Oripovning darslikdan tashqari she’rlaridan ifodali o’qish va she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Ming yillarkim bulbul kalomi,
O’zgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo sho’rlik to’tining holi,
O’zgalarga taqlid hamisha…
Shoirning “Ona tilim”nomli she’ri har bir til bayramlarida chiroyli kuy ,ohang bo’lib taraladi.Chunki unda ona tilimizning go’zalliklari o’zgacha ta’rif va tavsif etilgan…
III.Test sinovi.
1.Abdulla Oripov qaysi viloyatda tavallud topgan?
A.Buxoro B.Qashqadaryo C.Farg’ona D.Andijon
2.Shoirning ilk she’ri qanday nomlanadi?
A.”Qushcha” B.”Mitti yulduz” C.”Yillar armoni” D.”Qasida”
3.Shoirning ilk she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A.”Ko’zlarim yo’lingda” B.”Najot qal’asi”
C.”Mitti yulduz” D.”Qushcha”
4.Adib dastlab qaysi nashriyotda ishlaydi?
A.”Gulxan” B.”Sharq yulduzi” C.G’afur G’ulom D.”Yosh gvardiya”
5.Adib Dantening qaysi asarini o’zbek tiliga tarjima qiladi?
A.”Ilohiy komediya” B.”Qirol Lir”
C.”Bog’chasaroy fontani” D.”Anna Karenina”
Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.D 5.A
Uyga vazifa:Abdulla Oripov lirik merosini o’rganish va she’rlarini o’qib,tahlil qilish.
Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N
3-77 Adabiyot 9-sinf Sana: Darsning mavzusi:Abdulla Oripov she’riyati.”Sarob” va “Bahor ”she’rlari
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- o;quvchilarga Abdulla Oripovning lirik merosi haqidagi bilimlarni kengaytirish va “Sarob”va “Bahor ”she’rlarini g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda she’rlarda ilgari surilgan tabiatga mehr-muhabbat,insoniylik va go’zallik tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;