Uyga vazifa:”Mirzo Ulug’bek-shoh va olim”mavzusidagi inshoning qoralama nusxasini yozib kelish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Mavzu: 8-nazorat ishi
Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – shoh va olim”
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy- o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish;
b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida mehr-muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota-onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi:nazorat;
Dars uslubi:bahs,asar tahlil,reja tuzish,insho yozish;
Dars jihozi:darslik,”Ulug’bek xazinasi”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar,nazorat ishi daftarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rish ,kerakli izoh va tushunchalar berish hamda insho yozishga tayyorlanish;
II.O’quvchilarning insho yozish jarayonini nazorat qilish;
Darsning mustahkamlash bosqichida;
I. Mirzo Ulug’bek-shoh va olim
Reja :
I.Kirish:
1.Odil Yoqubov tarixiy romanlar ustasi.
2. Adibning buyuk tarix haqidagi o’lmas asari.
II.Asosiy qism:
1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…”
2.Mirzo Ulug’bekning nodir xazinasi
3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar.
III.Xulosa:1. Asarda ota va bola munosabatlarining aks ettirilishi
2.Mirzo Ulug`bek zakosi mangu ,barhayot.
Bobolardan so`zladim, ammo
Bir kalom bor so`z avvalida.
Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida.
Qotil qo`li qilich soldi mast,
Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.
Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,
U Ulug`bek ko`zidagi yosh.
Yerda qolgan o tanim manim,
O`zbekiston ,Vatanim manim.
Abdulla Oripov
Odil Yoqubov tarixiy romanlar ustasi.Uning “Diyonat”,”Ko’hna dunyo”,”Ulug’bek xazinasi”kabi romanlar tarixiy roman bo’lishi bilan birga buyuk siymolar haqidagi durdona asar hamdir.Ayniqsa,uning “Ulug’bek xazinasi”romani tarix va haqiqat bilan yaqindir.Unda Mirzo Ulug’bek buyuk va adolatli shoh,xalqparvar hukmdor,ilm ahli va ma’naviy meros g’amxo’ri,buyuk olim sifatida gavdalanadi.Mirzo Ulug’bek-Amir Temurning suyukli nevarasi.Toj- taxt buyuk sohibqironga,unga vafo qilmaganide,Abdulatif Mirzoga vafo qilmasligi haqida o’ylaydi,ilm –ma’rifat bilan shug’ullanish uchun imkon izlaydi.
O’z taxtini Abdulatifga topshirayotgan dam u xalqqa,ilm ahliga adolat qilishni,buyuk merosga ,ahli ayol nomusiga ziyon keltirmaslikni so’raydi.O’z o’g’illaridan mehr ko’rmagan Ulug’bek Ali Qushchini “farzandi arjumandim”deb ataydi.Ali Qushchi bilan birga Qalandar Qarnoqiy hamda Temur Samarqandiyning Ulug’bek xazinasi,ya’ni noyob qo’lyozma,kitoblarni qanday asrash haqidagi fikrlari,bu yo’ldagi harakatlari yorqin va ishonarli aks ettirilgan.Asar shu jihati bilan ham qimmatlidir.
Asarda Odil Yoqubov ata va bola,ya’ni Abdulatif Mirzo va Mirzo Ulug’bek ziddiyatlariga alohida to’xtalib,tarixdagi bu ziddiyatlarning oqibatiga ham keng urg’u beradi.Mirzo Ulug’bek Abdulatifga adolat,haqiqat,insof va diyonat haqida maslahatlar bermoqchi b’oldi,uning ilm shug’ullanishi uchun imkon bermoqlikni so’ramoqchi bo’ldi,afsuski,u toj-u taxtni ota mehri,maslahatidan ustun bilib,toj-u taxtdan tushmay,”Men bu taxtnio’z qudratim bilan egalladim ”,-deb eytadi.Ota uni bejizga:”Burgut.Qora burgut”,-deb atamadi…