d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,ifodali o‘qish,she’rlar tahlili;
Darsning jihozi:darslik,Haynrix Hayne siymosi, asarlari;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Haynrix Hayne hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarni sinash;
2.Haynrix Hayne she’lari asosida qanday fikr va mulohazalarni ayta olasiz;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.”Obod etar kun-u tunimni”she’rini ifodali o‘qish va g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish: Obod etar kun-u tunimni Shovullagan bahorgi sabo. Bu sadolar ovlab dilimni Shoir qalbini bahor nafasi,uning tarovati,go‘zal tabiati obod etadi.Ko‘nglida ezgu hislar uyg‘otadi.Mana shu ajib hislar orqali u o‘zini bulbulga qiyos etib,o‘z sevgidan qo‘shiq kuylaydi.
II.”O,sen qo‘rqma chekmagin tashvish”she’rini ifodali o‘qish va g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish:
O,sen qo‘rqma chekmagin tashvish
Dil sirini qilsam oshkora.
Va sha’ningga majoz-u tashbih
Bag’ishlasam sening ming bora!
Shoir o’z qalb sirini oshkor qilar ekan,yorga betakror tashbihlar beradi.Bu tashbihlar orqaliqalb iztiroblarini ham kuylaydi,alanga olgan muhabbat uchqunlarini she’rda aks ettiradi…
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Suvdan boshin chiqarib asta”she’rini ifodali o‘qish va g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish: Suvdan boshin chiqarib asta
Nilufar gul boqadi mas’um.
Yonib ishqi alangasida
Oy qiladi unga tabassum
Shoir tungi tabiat tasvirini jonlanirish san’ati orqali go‘zal tashbihlar bilan beradi.Nilufar guli ibo,hayo mas’umlik timsoli bo‘lib tasvirlanadi.Bu go‘zallik oyni mahliyo etadi,bu shaydolik uni qiynaydi..
II.”O‘tkir bo‘lsa ko‘zlaring agar” she’rini g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
O‘tkir bo‘lsa ko‘zlaring agar,
Kuylarimga nigoh otib boq.
Unda yashar ajoyib dilbar,
Suluvlardan ko‘ra suluvroq.
Shoir bi she’rida kuylari,she’rlarida yashayotgan suuv haqida kuylaydi.Bu she’rdagi sehr har bir qalbni o‘ziga bog‘laydi…