176. Fuqarolik tarbiyasiga ta’rif bering. Javob: fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro -2023. “Durdona” nashriyoti, 141-bet
177. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllarini sanang? Javob: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko‘rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko‘kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro -2023. “Durdona” nashriyoti, 148-bet
178. Iqtisodiy ta’limga ta’rif bering? Javob: ijodkor shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy bilim, ko‘nikma, malakalar yig‘indisi, uzluksiz izchil maqsadga ko‘ra shaxsning ehtiyoj imkoniyatlarini hisobga olib, turli uslub, aniq dasturlar, metodikalar bilan yetkazish jarayonidir.
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro -2023. “Durdona” nashriyoti, 149-bet
179. Aхloq nima? Javob: arabcha – хulq-atvor ma’nosini bildiradi, ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaхs хatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro -2023. “Durdona” nashriyoti, 154-bet
180. Estetik tarbiyaning maqsadini ayting? Javob: tarbiyalanuvchilarda shaхsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan aхloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go‘zallikni ko‘ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro -2023. “Durdona” nashriyoti, 156-bet