185. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilarini aniqlang?
Javob: Loyihalashtirish, amalga oshirish, kafolatli natija.
Manba: R. Ishmuxamedov, M. Yuldashev ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar o'quv qo'llanma T.: 2013, 12- bet
186. Dasturiy ta'limning o'ziga xos jihati nimada?
Javob: Dasturiy ta'limning o'zga xos jihati o'qitishning o'quvchilar ehtiyojlari, qiziqishlari, bilimlari, dunyoqarashlari hamda o'quv fanining imkoniyatlari, o'quvchilar tomonidan o'quv materiallarini o'zlashtirishda duch kelinayotgan muammolarni inobatga olgan holda tashkil etilishi bilan belgilanadi. Uzluksiz ta'lim jarayonida dasturiy ta'limni qo'llashda pedagoglar tomonidan mualliflik dasturlarining ishlab chiqilishi ahamiyatlidir.
Manba: U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog'omova pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob metodik qo'llanma T. 2011 yil. 121- bet
187. Pedagogik texnologiyalarga xos muhim belgilarini ayting?
Javob: Predmetlilik, bir-biriga moslik yoki to'liqlik, aniqlik, haqqoniylik, tizimlilik
Manba: O'.Tolipov, D.Ro`ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (O'quv qo'llanma) T. 2019, 36- bet
188. XIX asrning 2-yarmida Turkistonda maktablar tizimini yaratgan ma’rifatparvarlar kimlar?
Javob. Ahmad Donish, Komil Xorazmiy, Sattorxon Abdugʻafforov, Sharifxoʻja Poshshoxoʻja oʻgʻli, Muhiddinxoʻja Hakimxoʻja oʻgʻli, Xoʻjajon qozi Rojiy Margʻinoniy, Joʻrabek dodxoh Qalandarqori oʻgʻli, In’omxoʻja Umriyoxoʻja oʻgʻli, Is’hoqxon toʻra Ibrat.
Manba. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Homidov. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.
189. Hamkorlik ta’limining asosiy g’oyasi nimadan iborat?
Javob: Hamkorlik ta'limining asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlarini birgalikda bajarish, birgalikda ta’lim olishni nazarda tutadi.
Manba: U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog'omova pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob metodik qo'llanma T. 2011 yil. 123- bet
Dostları ilə paylaş: |