1. Agressiv xulq va uning namoyon bo’lishi Telvizorni xulq-atvorning o‘smir yoshga tasiri Katta kishilarda agressiv xulq-atvor Kirish



Yüklə 113,78 Kb.
səhifə1/6
tarix18.12.2023
ölçüsü113,78 Kb.
#184145
  1   2   3   4   5   6
Televideniyaning agressiv xulq tasiri.


Mavzu: Televideniyaning agressiv xulq tasiri.

Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Agressiv xulq va uning namoyon bo’lishi
2. Telvizorni xulq-atvorning o‘smir yoshga tasiri
3. Katta kishilarda agressiv xulq-atvor


Kirish
Shaxs taraqqiyotining har bir bosqichi rivojlanishning maxsus alohida vaziyatiga ega va shaxsga ma’lum talablar qo‘yadi. Shaxs taraqqiyotining yoshga bog‘liq talablariga adaptatsiya odatda agressiv xulq-atvorning turli namoyishlari bilan kuzatiladi. Ma’lum bo‘lishicha, kichik yoshdagi bolalar agar tez-tez, baland ovozda va biror narsa talab qilib yig‘lasalar, ularning tabassum qilishi kuzatilmasa, boshqalar bilan aloqa qilmasa shu orqali agressivlik xususiyatlarini namoyon etadilar. Psixoanalitik tadqiqotlar go‘daklarning talablari inobatga olinmayotganda kechayotgan katta g‘azab miqdori haqida ma’lum qilishini ta’kidlashadi. Shu bilan birga shunday fakt ma’lumki, kichik bolalarda ona muhabbatini saqlab qolish uchun, yangi tug‘ilgan ukasi yoki singlisiga nisbatan vahshiylik namoyish etishga moyillik kuzatiladi.
Bolalar bog‘chasining talablariga moslashib, bolalar bir birini chimdilashi, mazahlashi, bir biriga tupurishi, urushishi, tishlashi va hattoki yegulik bo‘lmagan narsalarni yutishi ham mumkin. Bunday harakatlar aytilmasdan sodir etiladi - impulsiv, ongsiz va ochiq oydin. Ushbu yoshda passiv agressivlik namoyishi negativizm hisoblanadi, qaysarlik, gapirish yoki ovqat yeyishni rad etish, tirnoqlari yoki lablarini tishlash. Ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshidagi bolaning uyidagi xulq-atvori ko‘proq oiladagi emotsional iqlimga bog‘liq, bolalar guruhi esa o‘z navbatida tarbiyachi ichki holatining yorqin aksi hisoblanadi. Agar u yoki bu agressiyani namoyish etsalar yoki kechirayotgan bo‘lsalar, bolalar tomonidan agressiyani takrorlash ehtimoli oshadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda agressiya odatda zaifroq bo‘lgan o‘quvchilarga nisbatan (“tanlagan qurboniga”) ko‘pincha mazah qilish, bosim o‘tkazish, urushtirish, janjallashish shaklida qo‘llaniladi. Maktab bolalarining bir biriga nisbatan agressiv xulq-atvori bir qator vaziyatlarda jiddiy muammoga aylanadi. O‘qituvchilar va ota-onaning bunday xulq-atvorga keskin reaksiyasi odatda bolalar agressivligini kamaytirmasdan, aksincha uni kuchaytiradi, chunki u agressorlarning mustaqilligi va kuchining bilvosita isboti bo‘lib xizmat qiladi. Bunga qaramasdan, aynan o‘qituvchi, uning avtoriteti va agressiv xulq-atvorga ochiq munosabatini bildirish mahorati, bolalarni ko‘proq ijtimoiy maqullangan xulq-atvor shakllarini tanlashga undaydi
Agressiv xulq-atvorning o‘smir yoshidagi maxsus xususiyati - kattalar avtoritetining qo‘llashi fonida tengdoshlari guruhiga bog‘langanligi bilan izohlash mumkin. Ushbu yoshda agressiv bo‘lish “kuchli bo‘lish yoki kuchli ko‘rinish” ma’nosini anglatadi. Har qanday o‘smir guruhi, lider tomonidan qo‘llabquvvatlaydigan, o‘zining afsonalari va udumlariga ega. Masalan, a’zolikka qabul qilish udumlari keng tarqalgan (yoki yangi kelganlarni sinovdan o‘tkazish). Ko‘zga tashlanadigan guruh “uniformasi” (umuman o‘smirlar modasi ham) udumlar xarakteriga ega. Udumlar guruhga tegishlilik hissiyotini kuchaytiradilar va o‘smirlarga xavfsizlik hissiyotini beradilar, biroq, afsonalar ularning hayot faoliyatining asosi bo‘lib qoladi. Afsonalar guruhdagi ichki guruh va tashqi agressiyasini oqlash uchun keng qo‘llaniladi. Masalan, guruh a’zosi bo‘lmaganlarga nisbatan har qanday agressiya quyidagi gaplar bilan oqlanadi - “ular bizni sotdilar..., biz o‘zimizni himoya qilishimiz kerak..., biz hammani bizni hurmat qilishga majbur qilishimiz kerak”. Guruh afsonasi bilan ruhlantirilgan zo‘ravonlik o‘smirlarda o‘z kuchini tasdiqlash, qaxramonlik va guruhga sodiqlik shaklida kechadi. Bir vaqtdayoq, alohida vaziyatlarda agressiv xulqatvor tashabbuschilari sifatida - alohida autsayder-o‘smirlar, turli sabablar tufayli dezadaptatsiyalashgan o‘smirlar va agressiya yordamida o‘z mavqeini ko‘tarishga urinib ko‘rgan o‘smirlar bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda, bola va o‘smir shaxsining rivojlanishi uchun agressiv namoyishlarning o‘zi unchalik xavfli emas, balki ularning natijalari va atrofdagilarning noto‘g‘ri reaksiyasi xavflidir. Agar zo‘ravonlik - e’tibor, hukmronlik, tan olish, pul, boshqa huquqlarni bersa, bolalarda va o‘smirlarda kuch ustivorligiga asoslangan xulqatvor shakllanishi mumkin, bu esa katta insonlarning ham ijtimoiy faoliyat asosini tashkil etishi mumkin (masalan, kriminal guruhlarda). Atrofdagilarning agressiyani kuch bilan bosishga intilishi kutilgan natijaga emas, balki qarama-qarshi natijaga olib kelishi mumkin.
Katta kishilarda agressiv xulq-atvor namoyishlarining turlari xilma-xil, chunki ular asosan individual xususiyatlar bilan belgilanadi. Agressiv xulq-atvorni to‘ldiruvchi, individual-shaxs xususiyatlari sifatida, odatda quyidagi fe’l-atvor qirralarini ko‘rib chiqadilar, jamoa ma’qullamasligi, asabiylik, gumonsirash, bid’atlar (masalan, millatiga qarab), hamda aybdorlik o‘rnida uyalish hissiyotini sezishga moyillik. Zo‘ravonlikka moyillikni qo‘llab-quvvatlashda insonning quyidagi e’tiqodi asosiy rol o‘ynashi mumkin, inson o‘z taqdirining yakka hukmdor xo‘jayini (ba’zan boshqa insonlar taqdirini ham), hamda agressiyaga uning ijobiy munosabati (foydali va normal hodisa sifatida).
Shaxsning agressiv xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi boshqa xususiyat - uning frustratsiyani o‘tkazish qobiliyati. Ma’lum bo‘lishicha, frustratsiya- bu maqsad yoki ehtiyojini qoniqtirishi yo‘lidagi to‘sqinlikdan kelib chiqqan holat. Ba’zi bir mualliflar frustratsiyani - agressiv xulq-atvorning yetakchi sabablaridan biri deb hisoblaydilar. Umuman olganda, frustratsiya keng tarqalgan hodisa va insonlar uni bartaraf etish qobiliyatlari bilan farqlanadilar. Agar agressiv xulq-atvor frustratsiya bartaraf etishiga muvaffaqiyatli ko‘maklashsa, u o‘rgatish qonunlariga muvofiq, kuchayishga ko‘proq ehtimoli mavjud. Bu vaziyatda, insonning frustratsiyaga yuqori seziluvchanligi bo‘lsa, muammolar paydo bo‘lishi mumkin, shu bilan birga agar unda frustratsiya bartaraf etilishining ijtimoiy ruxsat etilgan usullari ishlab chiqilmagan bo‘lsa.
Boshqa - jinsiy (gender) omilining ta’sirini baholaganda, - erkaklar (o‘g‘il bolalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri va jismoniy agressiyaning juda yuqori darajalarini namoyish etadilar, ayollar (qiz bolalar) esa bevosita va verbal ko‘rinishidagi agressiyani namoyish etishga moyil bo‘lishadi. Umuman olganda, erkak jinsiga ko‘proq jismoniy zo‘ravonlikka moyillik mansub, bu borada ayollar ko‘proq va muvaffaqiyatli psixologik variantni qo‘llaydilar.
Gender, yosh va individual omillarning muhimligiga qaramasdan, ko‘pchilik tadqiqotchilar fikricha, agressiv xulq-atvorning shakllanishida shaxs rivojlanishining ijtimoiy sharoitlari yetakchi ahamiyatga ega.
Eng bahsli muammolardan biri shaxsning agressiv xulq-atvoriga ommaviy axborot vositalarining ta’siri muammosini hisoblash mumkin. OAV negativ ta’sirining tarafdorlari quyidagi ma’lumotdan kelib chiqadilar, insonlar qachon o‘zini agressiv tutadilar, eng avvalo, boshqalar agressiyasini kuzatib turib. Televidenie orqali agressiv xulq-atvorni shakllantirish mexanizmi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: me’yoridan ortiq teleko‘rsatuvlarga qiziqish - agressiv xayollar - o‘zini personaj (qahramon) bilan taqqoslash - muammolarning yechimi va insonlarga ta’sir ko‘rsatishning agressiv usulini o‘zlashtirish - agressiv harakatlarni takrorlash - shaxslararo munosabatlarda muammolarni yechish uchun agressiyani qo‘llash - qo‘llab-quvvatlash - agressiv odatlar - rivojlanmagan ijtimoiy va o‘quv ko‘nikmalari - frustratsiya - teleko‘rsatuvlarni me’yoridan ortiq ko‘rish va boshqalar.
Agressiv xulq-atvorning kuzatish orqali shakllanishini bir nechta shartlarni bajarish orqali amalga oshirish mumkin. Birinchidan, ko‘rayotgani real bo‘lib, shaxsiyatiga tegib o‘tishi kerak. Ikkinchidan, ko‘rgani aynan agressiya sifatida qabul qilinishi kerak. Uchinchidan, qachonki tomoshabin o‘zini agressorga tenglashtirsa agressiya o‘tadi, ammo aniq shaxs uchun agressiya ob’ekti filmdagi agressiya qurboni sifatida tasavvur qilinadi. O‘rganishning keyingi prinsipial sharti, filmdagi qahramon agressiya natijasida maqsadiga yetadi yoki rohatlanadi, bu esa tomoshabin uchun ahamiyatli.
Umuman olganda, agressiv sahnalarni ko‘rish, ko‘pchilik kattalarga tahmin qilinganga nisbatan to‘g‘ri negativ ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki kuzatuvni o‘zi ichki va tashqi shartlar majmui bilan belgilanadi. Zo‘ravonlik sahnalariga insonlarning raeksiyasi turlicha bo‘lishi mumkin: nafrat, yoqimsiz, vertualizatsiya (tasvir etilgan hodisalarni noreal sifatida qabul qilish), faqatgina ba’zi bir vaziyatlarda - qoyil qolish va o‘xshashga intilish. Bunga qaramasdan OAV (shuningdek, internet saytlaridan noo‘rin foydalanish) bolalar va o‘smirlar rivojlanishiga negativ (salbiy) ta’siri haqiqiy xavflarni keltiradi.
Bolada agressiv xulq-atvorining shakllanishiga turli oilaviy omillar kuchli ta’sir qiladi, masalan oila jipsligining past darajasi, janjalkashlik, bola va ota-ona o‘rtasida yaqinlikning kamayishi, bolalar o‘rtasidagi yomon o‘zaro munosabatlar, oilaviy tarbiyaning noadekvat usuli, ko‘pincha, juda qattiq jazolarni qo‘llaydigan ota-onalar, me’yoridan ortiq nazorat qiladigan (giperopeka) yoki aksincha nazorat qilmaydigan (gipoopeka), bunday ota-onalar o‘z bolalarining agressiyasi va kuloq solmasligi bilan ko‘proq to‘qnashadilar. Shuningdek, onaga nisbatan otaning agressiyasi bolaga ifodalangan negativ ta’sir ko‘rsatadi (jismoniy zo‘rlash yoki ochiqchasiga ma’nan kamsitish).


Yüklə 113,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin