1-амалий машғулот: Мактабгача ёшда ўйин фаолиятининг хусусиятлари Ўйин мактабгача ёшдаги болаларнинг асосий фаолияти эканлиги. Мазмунли-ролли ўйинлар ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари. Бола психик ривожланишида ўйиннинг аҳамияти


Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#46275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 mavzu (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • bilim
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

- umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;

- umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;

- umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;

- baholash tizimi.

Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:

bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;

ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;

kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.

O‘zbekiston rivojlangan mamlakatlar bilan har tomonlama manfaatli o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilishi jarayonida istiqbolli yoshlarni tayyorlash, yosh avlodning xorijiy tillarni, xususan, nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillarini chuqur o‘rganishi uchun shart-sharoitlar yaratish, intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda mamlakatning turistik jihatdan nufuzini yuksaltirishga qodir bo‘lgan avlodni kamol toptirish.



5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 701-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qaroriga asosan quyidagilar Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan aholi, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash;

ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash;

yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;

aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish;

homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;

ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish;

uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin