1-амалий машғулот



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

Pomidor tuzlash 
Sifatli mahsulot tuzlash uchun pomidor mevasini mayda va o‟rta katta-kichiklikdagi, shakli to‟g‟ri, 
po‟sti qattiq, et qismi zich, kam xonali mevalar tavsiya etiladi. Ta‟mi bo‟yicha yaxshi bo‟lishi uchun 
pomidor mevasini pushti rang yoki nimrang mevalar yaxshi deb hisoblanadi. 
Yetilmagan yashil pomidor mevasini tuzlaganda ulardan dag‟al va ta‟mi shirin bo‟lmagan mahsulot 
olinadi. Agar qizil pomidor mevasini tuzlansa, bunday mahsulot ezilib yorilib ketadi. Mahsulot va 
ziravorlarni tuzlashga tayyorlash bodring singari bo‟ladi. 
100 kg pomidor tuzlashga 1,5 kg yangi ukrop, 0,3-0,6 kg qarag‟at bargi estragon, xren, 100 g qizil 
achchiq garmdori va 100 g kesilgan sarimsoq va xren ildizi kerak bo‟ladi (1-jadvalga qaralsin). 
Idishga solingan pomidor mevalari va ziravorlar ustidan namakob quyiladi. Osh tuzi pushti rang 
pomidor mevalariga 8 foiz, qizil ranglarga 9 foiz va xom va nimrang mevalar uchun 7 foiz solinadi. 
Pomidor ham kamram va bodring singari bochkalar va shisha bonkalarga tuzlanadi (1-rasm). 
Pomidor achishi va tuzlangan mahsulotni tayyor bo‟lishi
bodringlarga qaraganda taxminan ikki marotaba tezroq etiladi.
Shundan keyin bochkalar berkitilib 2-3 kundan keyin erto‟lalarga joylandi. 
Shisha bonkalarga tuzlanganda, tayyor bo‟lgan mahsulot 7-10 kundan keyin 
germetik berkitiladi va ular ham erto‟lalarda saqlanadi. 
Tuzlangan pomidorlarni sifat ko‟rsatkichlari quyidagicha bo‟ladi: mevalari, bir xil o‟lchamda, butun 
ezilmagan, namakobning ta‟mi mevalarga to‟liq o‟tgan, namakobning ranggi oqish, lekin ozgina 
loyqalangan va pomidor mevasini hidi kelib turadi. Ta‟mi yoqimli, sho‟rroq va ziravorlarning ta‟mi kelib 
turadi, biroq mog‟or hidi yoki ta‟mi bo‟lishi mumkin emas. Pomidor mevasida tuz miqdori 3-6 foiz va 
kislota miqdori (sut kislotasi) 0,7-1,5 foiz bo‟lishi kerak. 
Boshqa turdagi tuzlamalar 
Umuman olganda deyarli barcha sabzavot turlaridan, hatto mevalardan (masalan olma, olxo‟ri, 
tarvuz 
va 
hokazo) 
ham xushta‟m tuzlamalar tayyorlash mumkin. Tayyorlash texnologiyasi 
yuqoridagilardan deyarli farq qilmaydi. Ularning ayrimlarini tayyorlash reseptlari quyida keltirildi (6-
jadval). 
6-jadval 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin