48
sm va balandligi 6-8 sm qilib yasaladigan chambaraklarga meva bandini pastga qaratib, tik holda terib
chiqiladi, chambaraklarni bir necha yil davomida ishlatish mumkin. Qovun ba‟zan chambaraklarga emas,
balki to‟kib qo‟yilgan don yoki qum ustiga tik qilib terilgan holda ham saqlanadi.
Qovunni uzoq muddat saqlashga oid horijiy tajribalardan Turkmanistonda qo‟llaniladigan usul
diqqatga sazovordir, bunda qovun qattiq tortilgan yirik ko‟zli to‟r stellajlarda qovg‟a chambaraklari ustiga
terib qo‟yib saqlanadi.
Tarvuz.
Tarvuz qobig‟ining qattiqligi uni mexanik shikastlanishdan saqlaydi va uzoq muddatga
saqlanishini ta‟minlaydi.
Saqlanadigan tarvuz pishish davrining boshlang‟ich qismida yig‟ishtirib olinadi. Bunda tarvuz
navga xos kattalikka va urug‟i navga xos rangga kirganda dumchasi bilan birga uziladi.
Tarvuzni yuklash oldidan vaqtincha 0,75 m balandlikkacha uyib saqlash mumkin. Ularni konteyner
yoki tagiga to‟shama va orasiga poxol solib ikki qator qilib terib avtomashinada tashiladi.
Tarvuzni pishmasdan yoki pishib o‟tib ketgan paytlarda uzib olish tavsiya qilinmaydi.
Uni chiptaga bog‟lab va to‟rlarga solib osib saqlanishi mumkin. Bunda o‟rtacha kattalikdagi
tarvuzlar tanlab olinadi. Tarvuz tara usulida tagiga to‟shama solingan katak yashiklarga bir qavat terib
ham saqlanadi. Tarvuzni uzoq muddat maxsus omborlarda saqlasa ham bo‟ladi.Tagiga poxol yoki
payraxa solingan stellajlardan ham foydalanish mumkin (2-rasm).
Tarvuzlarni saqlashda havo harorati 5-7°S va namligi 8,0-85% bo‟lishi tavsiya qilinadi. Bunday
muhitda tarvuzni uch oygacha va undan ko‟proq muddat saqlash mumkin. Omborlardagi tarvuzning
holati muntazam ravishda kuzatilib boriladi.
Poliz mahsulotlarini, xususan tarvuzni sabzavot va kartoshka bilan birga bir omborda saqlash
mumkin emas.
Qovoq
. Qovoqning saqlanadigan navlari juda qattiq bo‟lib, ular uncha katta bo‟lmay, og‟irroq
bo‟ladi. Saqlashning dastlabki davrida unda kraxmal moddasi ko‟p bo‟ladi, 2-3 oydan so‟ng kraxmal
eruvchan qand moddalariga aylanadi va natijada uning ta‟mi va oziqaviylik qimmati oshadi.
Pishgan qovoq qattiq bo‟lib, navga xos rangga kiradi va meva bandi qurib burishib qoladi.
Saqlashga
yaxshi
pishgan,
shikastlanmagan,
kasallik
hamda
zararkunandalar
bilan
zararlanmaganlari saralanadi. Qovoqni vaqtincha ayvonga tagiga somon yoki boshqa to‟shama to‟shab,
ikki-uch qavat qilib joylashtiriladi va ustiga somon, xas tashlab qo‟yiladi. Uzoq muddatga saqlanadigan
qovoq quyoshda 5-7 kun qoldiriladi.
Qovoq tarkibida suv miqdori ko‟p bo‟lganligi sababli, uni saqlashda suvning ko‟p yo‟qotilishi
sifatining pasayishiga olib keladi.
Qovoqni saqlashda har bir qator terilgandan so‟ng albatta somon yoki xas to‟shalishi uning
shikastlanishining oldini oladi. Qovoq stellajlarda saqlanadi, tagiga to‟shama solib yassi navlarining meva
bandi yuqoriga qaratib qo‟yiladi. Saqlash omborlarida havoning harorati 1-14°S va namligi 70% ga yaqin
bo‟lishi lozim. Qovoqni saqlash uchun sovuq va nam xonalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: