1-амалий машғулот



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

Jihoz va materiallar:
adabiyotlar, chizg‟ich, qalam, mahsulotlarning tabiiy kamayish me‟yorlari aks 
ettirilgan jadval, kalkulyator. 
Nazorat savollari
1. Tabiiy kamayish deganda nimani tushunasiz? 
2. Doyimiy omborlarda tabiy kamayish qnday aniqlanadi?
3.Vaqtinchalik omborlarda tabiiy kamayishni aniqlash usullari.
4. Meva va sabzavodlarda tabiiy kamayishining farqi qanday.


56 
22-amaliy mashg‟ulot. 
SAQLASH MAVSUMI DAVOMIDA MEVA-SABZAVOTLARNI REALIZASIYAGA 
TAYYORLASH 
 
Ishning maqsadi. 
Talabalarga meva-sabzavot omborlarida mahsulotlarni realizasiyaga tayyorlash 
tartibini o‟rgatish. 
Ishning borishi:
Ma‟lumki meva va sabzavotlar saqlanadigan doimiy omborlarda ichki harorat va 
havoning nisbiy namligi tashqi muhitning haroratidan keskin farq qiladi. Bu mahsulotlarni realizasiyaga 
to‟g‟ridan to‟g‟ri chiqarish mahsulot sifatining keskin buzilishi, ularning “terlab qolish” deb ataluvchi 
mahsulot sirtida sub bug‟larining kondensatlanib qolishi, ya‟ni ularning sirtida tomchi holidagi suvning 
hosil bo‟lishiga, bu esa keyingi tashish va savdo rastalarida turib qolishi jarayonida ularda 
mikroorganizmlarning oson rivojlanishiga sababchi bo‟lishi mumkin. Shu bois mahsulotlarni ombordan 
chiqarishda ularni realizasiyaga tayyorlash katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Mahsulotlarni realizasiyaga tayyorlashda ular dastlab saralab olinadi. Bunday tayyorlov bo‟limi 
maxsus ish stollari va kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Mahsulotlar saralanadigan ish stollari 
baquvvat, balandligi 0,7-1 m, eni 1,5 m bo‟lishi lozim. Stollarning uzunligi ishlovchilar soniga muvofiq 
tanlanadi. Hozirgi kunda saralash ishlari uchun ishlab chiqarilayotgan universal stollar juda qulaydir. 
Uning balandligi 70 sm, eni 60 sm va uzunligi 2 m bo‟lib, 4 kishi uchun mo‟ljallangan. Uning ramasida 
suriluvchi doskalar mavjud. Ramada uzum uchun to‟r tortilgan, limonni kalibrlash uchun teshikchali 
uyacha, urug‟ mevalilar uchun bortchasi mavjud. Doskasining ikki tomonida tushuvchi cho‟ntakchalar 
mavjud bo‟lib, undan brak qilingan mevalar yashikka dumalab tushadi. 
Mahsulotlarni realizasiyaga tayyorlashda ularni tashqi muhit havosiga moslashtirish birinchi galda 
bajariladigan tadbirlardan hisoblanadi. Buning uchun mahsulotlar realizasiyaga chiqarilishidan oldin 
omborning tayyorlov seksiyasiga olib o‟tiladi. Bu erda ombor havosining harorati 2-3 kun davomida asta-
sekinlik bilan ko‟tarilib boriladi va tashqi muhit havosiga yaqin darajaga olib kelinadi. Omborlarda 
bunday seksiyalar mavjud bo‟lmaganda, mahsulotlarni omborning chiqish yo‟laklariga joylashtirib 
qo‟yish ham mumkin. 
Mahsulotlar tashqi muhit havosiga moslashtirilgach, ularni qadoqlash bo‟limiga olib kelinadi va bu 
erda ular oldindan tayyorlab qo‟yilgan qadoqlarga qadoqlanadi. Qozirgi kunda meva va sabzavotlarni 
hajmi 2-3 kg gacha bo‟lgan kichik zamonaviy to‟r, qog‟oz, yoki polietilen paketchalarga qadoqlash juda 
keng tatbiq etilmoqda. Bu usulda qadoqlash maxsus qadoqlovchi uskunalarda amalga oshiriladi. Bunday 
qadoqlarda mahsulotlarni tashish, savdo rastalariga joylashitirsh qulay bo‟lishi bilan bir qatorda
ularnining tovar ko‟rinishi va xaridorgirligi ham ortadi . 
1-vazifa.
25 t kartoshkani realizasiyaga tayyorlash uchun qadoqlarga bo‟lgan talabni aniqlang. 
Bunda paketchaning sig‟imi 4 kg. Paketchalar joylanadigan qutilar sig‟imi 5 paket/quti.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin