1-Amaliy mashg’ulot. Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslikdan dastur va mavjud ko`rgazmali qurollar tahlili (2 soat )



Yüklə 21,25 Kb.
səhifə1/2
tarix04.04.2023
ölçüsü21,25 Kb.
#92993
  1   2
1-Amaliy mashg’ulot. Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslikdan dastur va mavjud ko`rgazmali qurollar tahlili


  1. 1-Amaliy mashg’ulot. Atrofimizdagi olam va Tabiatshunoslikdan dastur va mavjud ko`rgazmali qurollar tahlili (2 soat )


Mashg'ulotdan maqsad: Talabalarning tabiatshunoslik darslarida olib boriladigan kuzatish ishlari to'g'risidagi bilimlarini kengaytirish, tabiatshunoslik darslarida kuzatish ishlarini tashkil qilish yo'llari haqida tasavvur va tushunchalar hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Tabiatni kuzatish natijalarini qayd qilish uchun bloknot va ruchka, rasmini chizish uchun albom, qoraqalam, rangli qalam. Kuzatishlar mobaynida o'simlik va hayvonot olamidan namunalar olish uchun papka, karton qutichalar, matrab, bankalar.
Talaba bilishi kerak:

  • kuzatishlar (qisqa va uzoq muddatli) to'g'risidagi ma'lumotlarni;

  • tabiatshunoslik darslarida olib boriladigan kuzatishlarni.

Talaba bajarishi kerak:

  • tabiatshunoslik darslarida qisqa muddatli kuzatishlar olib borishi;

  • tabiatshunoslik darslarida uzoq muddatli kuzatishlar olib borishi.

  • tabiatda kuzatish kundaligi bilan ishlash uchun reja tuzishi;

  • tabiatda kuzatish kundaligi bilan ishlash haqida konspekt yozishi.

Ishni bajarish tartibi:
- kuzatishlar olib borishning tabiatshunoslik ta'limi jarayonidagi ahamiyati haqida o'qituvchining ma'lumoti;

  • qisqa va uzoq muddatli kuzatishlarning qisqacha bayoni;

  • talabalar ishtirokida tabiatga kuzatishlar tashkil qilish;

  • kuzatishlar asosidagi fikr-mulohaza va xulosalarni daftarga qayd qilish;

- talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma'lumot: Kuzatish - tabiat jismlari va hodisalarining tabiiy sharoitlarda maqsadga yo'nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida ularni qayta tiklashdir.
Kuzatish tabiatni o'rganishning ko'rgazmali metodidir.. Kuzatishlar ikki belgi: muayyan maqsadning bo'lishi va diqqatni kuzatish obyektini bilgan holda to'plash bilan xarakterlanadi.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli kuzatishlar biror narsani qabul qilib olish uchun o'tkaziladi. Hayvonlar (kirpi, toshbaqa, shoxilon, kapalak, ninachi)ning harakatlanishini kuzatish qisqa muddatli kuzatishga misol bo'lishi mumkin.
Uzoq muddatli kuzatishlar vaqt oraliqlari bilan bo'lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi.
Kuzatish uchun oson (uddalasa bo'ladigan) obyektlarni tanlash zarur. Kuzatishlar o'lkashunoslik xarakterida bo'lsin. Juda murakkab va tushunarli bo'lmagan hodisa va narsalarni tanlash kerak emas. Bu o'quvchilar qiziqishini sovitishi va kuzatishni chaikashtirib yuborishi mumkin. Tanlangan shakllardan qat'i nazar 1- 4 - sinf o'quvchilari uchun o'lkashunoslik kuzatishlari albatta izchil bo'lishi kerak. Bundan tashqari, o'lkashunoslik kuzatishlar kompleksi albatta tizimlashgan tabiatshunoslik bilimlarini tushunib olishga, idrok qilish faolligini, tabiatga qiziqish va muhabbatni rivojlantirishga, tabiat (atrof) obyektlari to'g'risidagi bilimlarni kengaytirishga yo'naltirilmog'i lozim.
Kuzatishning natijalari yil fasillari bo’yicha “Kundalik kuzatish daftari” va sinfning tabiat hamda mehnat kalendarlari qayd etib boriladi. Alohida e’tibor quyosh balandligining, kun va tun uzunligining yil fasillari bo’yicha o’zgarishini kuzatishlariga qaratiladi. Bu kuzatishlar o’quvchilarga tabiat va odamlar mehnat faoliyatidagi mavsumiy o’zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi.“Kundalik kuzatishlar daftari”dagi mahsus manbalar bolalarni kuzatishlar o’tkazishga yordam beradi. M: Yozda siz tabiatda nimalarni kuzatdingiz?, Qanday o’simliklarni bilasiz?
Tabiat va mehnat kalendariga kuzatish ma’lumotlarini har kuni yozib borish kuzatishlarga turg’un qiziqishni singdiruvchi maqsadga muofiq uslublardan hisoblanadi.Shu maqsadda o’quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi, u ob-havoni batafsil tariflaydi, kun davomida tabiat va odamlar mehnatida qanaqa qiziqarli holatlar bo’ganligi haqida gapirib beradi.Tabiat va mehnat kalendariga kuzatish ma‘lumotlarini har kuni yozib boorish kuzatishlarga turg’un qiziqishni singdiruvchi maqsadga muvofiq uslublardan hisoblanadi. Shu maqsadda o’quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi, u ob-havoni batafsil ta‘riflaydi, kun davomida tabiat va odamlar mehnatida qanaqa qiziqarli hoatlar bo’lganligi to’g’risida gapirib beradi. Uning javobini o’toqlari to’ldiradi va aniqlaydi. Javob o’qituvchi tomonidan albatta baxolanadi, kuzatish kalendarga yoziladi.
Bolalarni narsa va hodisalarni ko’ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o’rgatish - Boshlang’ich sinf o’qituvchisining eng muhim vazifalaridan biridir. Bolalar ko’pincha ikkita tanish daraxtga (masalan, chinor va zarangga) qaraydilaru, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Bolalar suratni ko’rib, undagi eng muhim tomonlarini ko’ra oladilar, deb hisoblab bo’lmaydi. O’qituvchi ular oldiga aniq ob‘ektlarni topish, ularni ta‘riflash, savollarga javob berish bo’yicha muayyan vazifa qo’yishi kerak.
Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga, fermaga, zooparkka ekskursiyalar o’tkazish vaqtida ham rivojlanadi. Bu ekskursiyalar shunday ko’rishgina emas, balki sinchiklab qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslikni o’qitilishini to’g’ri qo’yilishi Boshlang’ich maktabdayoq bolalarni tabiat jismlari va hodisalarini kuzatishga o’rgatadi.

Yüklə 21,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin