O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar: rivojlangan davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasining bugungi holatini tahlil qilish va istiqbollarini aniqlash, energiya tejamkorlik asoslarini belgilashda nazariy bilimlarini qo‘llaydi; muammoni aniqlab, uni hal qilish yechimlarini topadi.
Ushbu keys-stadini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan tinglovchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
“Qishloq xo‘jaligida energiya tejamkorlik asoslari” fanini o‘rganish jarayonida bakalavr:
- elektr energiyasini asosiy sifat ko‘rsatkichlari, har xil texnologik jarayonlarda va qurilmalarda elektr energiya isrofini kamaytiruvchi usullarini; texnologik jarayonlarini energetik samaradorligini baxolash; korxona va qurilmalarni energetik balanslarini tuzish va energetik tavsifnomalarini tuzish; energiya tejamkorlik buyicha turli chora tadbirlarni yaratish va ularni iqtisodiy baholashni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
qishloq xo‘jalik tarmoklarida muayyan jarayonlarda elektr qurilmalar quvvatini tanlash va energiya tejamkor yechimlar qabul qilish; aktiv, reaktiv quvvatlari va sarflanadigan energiyalar miqdorlarini aniqlash va o‘lchash; elektr energiya isrofini kamaytiruvchi texnik vositalarini o‘rnatish, ishga tushirish va ekspluatatsiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |