Masshtabi kattaroq global joylashishni aniqlash tizimlari AQShning GPS
NAVSTAR tizimi va Rossiyaning GLONNAS tizimlari hisoblanadi va ular global
masshtabda xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.
GPS NAVSTAR tizimi yaratilgan paytda 20180 km balandlikda
orbitaning 6 ta kengligida 4 tadan jami 24 ta uzluksiz ishlovchi sun’iy
yo‘ldoshlardan iborat bo‘lgan.
Bugungi kunda ushbu GPS guruhida 31 ta navigatsiya sun’iy yo‘ldoshi
doimiy foydalanilayotgan bo‘lsa, 1 tasi foydalanishga kiritilish bosqichida
turibdi. Har bir sun’iy yo‘ldosh, umumiy tarmoqqa birlashgan bo‘lib, ular
o‘zlarining joylashgan o‘rni, signal vaqti, sun’iy yo‘ldosh va yerdagi kuzatuv
stansiyalarining asosiy parametrlari haqida radiosignal yuborib turadi.
3. Етакчи глобал жойлашишни аниқлаш тизимлари:
GPS ва ГЛОННАС.
3. Етакчи глобал жойлашишни аниқлаш тизимлари:
GPS ва ГЛОННАС.
1995 yilda Rossiyada 3 ta orbital kenglikda, har birida 8 tadan joylashgan, jami
24 ta sun’iy yo‘ldoshdan iborat GLONASS global sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi
yaratildi. Ularning orbitasining balandligi 19,4 ming km ni tashkil etadi. Hozirda
ulardan 23 ta navigatsiya sun’iy yo‘ldoshi maqsadli foydalanilsa, navbati bilan bittasi
texnik xizmat ko‘rsatish uchun foydalanishda chiqarib turiladi. Shuningdek, orbitada
yana 3 ta zahira sun’iy yo‘ldoshi mavjud.
Dostları ilə paylaş: |