GLONASS sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi maxsus va fuqarolik foydalanishida bo‘lgan ob’ektlarda navigatsiya hamda vaqt va koordinatalarni aniqlash masalalarini hal etishni ta’minlaydi (4-rasm). GPS tizimidan farqli ravishda GLONASS tizimida signallarni kodli ajratishdan tashqari ularni chastotasi bo‘yicha ham ajratish amalga oshiriladi. Agar GPS tizimida signallarni uzatish uchun 2 ta chastotadan foydalanilsa, GLONASS tizimida esa chastotalarning ikkita diapazonidan foydalaniladi. GPS tizimi bilan bir xil ravishda GLONASS tizimida ham standart aniqlikdagi signal chastotalari diapazonini L1, yuqori aniqlikdagi chastotani - L2 deb belgilangan.
3. Dunyodagi boshqa global joylashish tizimlari Yevropa global sun’iy yo‘ldosh navinatsiya tizimi Galileo yangi ishlab chiqilgan tizimlardan hisoblanadi. Ushbu tizimning asosiy vazifasi yer va fazodagi navigatsiya tizimlarining umumlashgan guruhini yaratish hisoblanadi. Galileo tizimi jami 27 ta sun’iy yo‘ldosh jamlanmasidan iborat bo‘lib, ular 24000 km balandlikda joylashtiriladi va GPS va GLONASS tizimlari bilan uyg‘unlashgan xolatda ishlaydi. 2011 yilda Yevropa global sun’iy yo‘ldosh navinatsiya tizimi 2 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqargan. Galileo tizimi ikkinchi avlod global navigatsiya tizimi hisoblanib, Yevropa global sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi (GSA) nazoratidagi Galileo Operating Company xususiy operator tomonidan boshqariladi. Ikkita turdagi navigatsiya