signallarini taqdim etuvchi GPS va GLONASS tizimlaridan (GPS tizimidagi umumfoydalanishga mo‘ljallangan ochiq SPS va yuqori aniqlikdagi yopiq PPS signallari hamda GLONASSdagi ST va VT signallari) farqli ravishda Galileo tizimi besh xil turdagi navigatsiya signallarini taqdim etadi.
3. Dunyodagi boshqa global joylashish tizimlari Bu signallar provayder tomonidan qo‘shimcha qiymatli xizmatlar (VAS) va boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq xizmat (OS), kommersial xizmat (CS), inson hayoti havfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat (SLS), davlat ehtiyojlari uchun xizmat (PRS) va qidiruv-qutqaruv xizmati (SAR) dan iborat. Galileo tizimining ochiq xizmatlari bepul, kommersiyaviy yo‘nalishdagi xizmatlar, SLS va PRS- xizmatlari esa to‘lov asosida GPS tizimining SPS tarmog‘i bo‘yicha ham amalga oshirilishi mumkin. Xitoyning BeiDou (COMPAS) milliy navigatsiya tizimi 2012 yil dekabr oyidan beri foydalanishda bo‘lib, u doimiy ravishda rivojlantirilib borilmoqda. Orbitaga mazkur tizimning 16 ta sun’iy yo‘ldoshi olib chiqilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi foydalanishga kiritilgan va 2020 yil oxiriga borib tizim to‘liq foydalanishga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Bu davrda uning tarkibiga 5 ta geostatsionar yo‘ldosh, o‘rta orbitada joylashgan 27 ta sun’iy yo‘ldosh va geosinxron orbitada joylashgan 3 ta apparat kiradi. Bu tizimda joylashishni aniqlash aniqligi fuqaroviy foydalanishdagi ob’ektlar uchun 10 m ni, signallarni uzatish tezligining aniqligi esa 0,2 m/s ni tashkil etadi.