Shaxsiy tibbiyot vositalari ham fuqarolar muhofazasida muhim o‘rin tutadi. Ionlantiruvchi nurlardan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan hamda kuyishdan saqlashda shaxsiy doriqutilardan (ShD-2) foydalaniladi. Bu vosita 130 gr bo‘lib, saqlanish muddati - 3 yil.
Doriqutiga dori moddalar va qirg‘in qurollari ta’siriga qarshi kurashadigan protektorlar joylashtirilgan:
- shaxsiy tibbiyot doriqutisiga og‘riq qoldiradigan shprits-tyubik ninasi bilan joylashtirilgan;
- fosfor organik zaharli moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladigan taren-6 tabletka dorisi bor. Bu dori kimyoviy ogohlantirishda 1 ta tabletkadan ichiladi;
- baktereologik vositalarga qarshi ishlatiladigan dori - «№ 1» (oq shishada - tetratsiklin gidroxlorid) joylashgan. Bu doridan baktereologik qurol ishlatilganda, jarohatlar olganda va kuyganda foydalaniladi. Bunda bir yo‘la 5 ta tabletka ichiladi va 6 soatdan keyin yana 5 tasi ichiladi (vabo, o‘lat, Sibir yarasi).
- biologik ta’sirlarga qarshi ishlatiluvchi sulfodometoksin (5 tabletka) dorisi qo‘yilgan. Bu dorini oshqozon-ichak kasalligi boshlanganda bir yo‘la 7 ta tabletkasi va keyingi kunlarda 4 tadan ichiladi;
- radiosaqlovchi vosita № 1 (sistamin) joylashgan bo‘lib, u nurlanish yuz berganda bir yo‘la 6 ta tabletka ichiladi.
Shaxsiy bog‘lov paketi (ShBP). Ommaviy shikastlanishlarda dala sharoitida birlamchi bog‘lam sifatida shaxsiy bog‘lov paketi keng qo‘llaniladp. Paket ikkita 17-32 sm li steril paxta-dokali yostiqchalardan iborat bo‘lib, eni 10 sm, uzunligi 7 metr bo‘lgan bintga bog‘langan. Yostiqchalarning biri qattiq mahkamlangan, ikkinchisi esa ko‘zg‘aluvchan bo‘lib, uni kerak bo‘lgan joyga qo‘yish mumkin. Yostiqchaning bir tarafi rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafidan ushlansa bo‘ladi. Bog‘lov materiali oq qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va ustidan rezinali materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib berkitilgan. Oq qog‘oz ichiga bint oxirini mahkamlash uchun tug‘nog‘ich solib qo‘yilgan. Paket steril holatda ishlab chiqariladi.
Shaxsiy bog‘lov paketidan foydalanish vaqtida rezinalangan qobiq yirtib ochiladi.
Dostları ilə paylaş: |