Mehnatni muhofaza qilish sohasida KHV zararli va xavfli omillarga bog‘liq holda shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan himoyalash vositalariga sinflanadi.
ShHV asosan himoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar guruhiga qarab: nafas a’zolarini, qo‘l, bosh, bet (yuzni), ko‘zni va eshitish a’zolarini himoya qilish vositalariga bo‘linadi.
KHV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: to‘siqlar, blokirovkalar, tormozlar, saqlovchi moslamalar, yorug‘lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jihozlarini yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyasiya), yoritish, isitish, sovutish (konditsionerlash), izolyasiyalash, germetizatsiyalash vositalari kiradi.
Sanoatda va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan ShHV quyidagicha guruhlarga ajratilishi mumkin:
- chegaralovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, nam o‘tkazmaydigan kastyumlar, skafandrlar);
- korjomalar (kombinezon, kurtka, shim, xalat, plash, fartuk, nimchalar);
- maxsus poyabzal (etik, botinka, tufli, kalish);
- qo‘llarni muhofaza qilish vositalari (turli qo‘lqoplar);
- yuzni muhofaza qilish vositalari (niqoblar);
- ko‘zni muhofaza qilish vositalari (muhofaza ko‘zoynaklari);
- eshitish organlarini muhofaza qilish vositalari;
- ehtiyot moslamalari (xavfsizlik belbog‘lari, qo‘l changaklari va boshqa asbob uskunalar);
- muhofazalovchi dermatologik vositalar (pasta, krem, moylar).
Dostları ilə paylaş: |