3. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari.
Ushbu vositalar insonlarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish hamda ommaviy qirg’in qurollarining zararli va xavfli ta’siridan saqlash uchun qo‘llaniladi.
Ishchilarning himoya vositalari inson organizmiga eng ma’qul sharoitlarni yaratish va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli moddalar miqdorini kamaytirish, ularning ta’sirini uzoqlashtirish yoki haydash; zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish; ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamroh bo‘lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish; texnologik jarayon buzilganda paydo bo‘ladigan salbiy omillardan himoya qilish.
Himoya vositalarini tanlash har bir alohida holatlarda mehnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi.Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari va usullarini gavdalantirishda har xil himoya vositalari qo‘llaniladi.
Himoya vositalarining qo‘llanilish xarakteri bo‘yicha kollektiv himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. Har biri vazifasiga ko‘ra sinflarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |