Fuqaro muhofazasi sohasida himoya vositalari asosan 3 turga bo’linadi:
Ommaviy himoya inshoatlari.
Shaxsiy himoya vositalari.
Shaxsiy tibbiy va zararsizlantirish vositalari.
Himoya inshoatlari aholini turli avariya, halokat va tabiiy ofatlar oqibatlaridan, ommaviy qirg‘in qurollarining shikastlovchi omillaridan va ularning ikkilamchi ta’sir etish omillaridan saqlaydigan inshoatlar hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi boshpanalari yashirin joylar, ish yoki yashash joylari yaqinida joylashadi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholini fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida yashirish kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yo‘qotishlarni oldini oluvchi eng samarali usuldir. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida fuqaro muhofazasining “Havo trevogasi”, “Radiatsiyaviy xavf” yoki “Kimyoviy trevoga” komandalari berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |