2. Vazifasiga ko‘ra - aholini muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi boshqaruv organlarini (boshqaruv punktlari, aloqa uzellari) joylashtirish uchun.
3. Joylashish o‘rniga ko‘ra - bino bilan birga va alohida qurilgan.
4. Qurilish muddatiga ko‘ra - oldindan qurib qo‘yiladigan va tez quriladigan.
5. Filtr-shamollatish uskunalari bilan ta’minlanishiga ko‘ra - shamollatish rejimida, filtr-shamollatish rejimida va butunlay izolyasiya (regeneratsiya va «zich havo») rejimida ishlovchi.
6. Sig‘imiga ko‘ra – kichik (150-300 kishi), o‘rta (300-600 kishi) va katta (600 dan ko‘p).
Boshpanani qurishda qo‘yiladigan talablar:
- aholini 3 sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlay olishi;
- suv bosmaydigan joylarda qurish;
- oqar suvlardan, kanalizatsiya hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish;
- kirish va chiqish eshiklarining bo‘lishi.
Boshpananing avtonomligi:
- energiya (elektr, issiqlik) ta’minoti;
- suv ta’minoti (ichimlik va texnik suv);
- kanalizatsiya tizimi;
- aloqa (asosiy va dublyor) tizimi bilan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |