1-amaliy mashg`ulot kon korxonalarida mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riq berishni o’tkazishni o’rganish


MEHNAT XAVFSIZLIGI BO`YICHA INSTRUKTAJLAR



Yüklə 33,13 Kb.
səhifə2/2
tarix01.12.2023
ölçüsü33,13 Kb.
#170654
1   2
1-amaliy

MEHNAT XAVFSIZLIGI BO`YICHA INSTRUKTAJLAR
Instruktajlar xususiyatlari va utkazilish vaqti bo`yicha quyidagilarga bo`linadi:
- kirish;
- ish joyida birlamchi;
- takroriy;
- rejadan tashqari;
- maqsadli.
KIRISH INSTRUKTAJI
- Mehnat muhofazasi bo`yicha kirish instruktaji bo`linmalarga yangi ishga keluvchi xodimga, uning ma`lumoti, kasbi(lavozimi), ish stajidan qat`iy nazar, tibbiy ko`rikdan o`tganidan keyin hamda vaqtinchalik ishchilarga, barcha turdagi o`quv muassasa amaliyotchilariga (praktikant); bulardan tashqari komandirovkaga yuborilganlarga, agar ular komandirovka vaqtida amaliy ish bajarishsa, o`tkaziladi.
- Kirish instruktaji xodim qabul qilinayotgan ish joyining sharoitlari va xususiyatlarini aks ettirgan ko`rgazmali qurollardan foydalanilgan holda mustaqil bo`linmalarning mehnat muhofazasi kabinetlarida mehnat muhofazasi bo`limlari xodimlari yoki bu majburiyat yuklatilgan boshqa xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Instruktaj xodim tibbiy ko`rikdan o`tganidan va terapevt-vrachning mazkur ishga sog`ligi bo`yicha yaroqli ekanligi haqidagi xulosasidan keyin o`tkaziladi. Instruktaj alohida yoki 10 ta kishidan ortiq bo`lmagan xodimlar guruhi bilan o`tkazilishi mumkin. Yong`inga qarshi xavfsizlik choralari to`g`risidagi instruktaj alohida xarbiylashtirilgan yong`indan saqlanish qismida mutaxassislar tomonidan o`tkaziladi.
- Kirish instruktaji dasturlarini mustaqil bo`linmalarning mehnat muhofazasi bo`limi ishlab chiqilgan va bo`linma rahbari tasdiqlaydi. Ularning hajmi ish sharoitiga, murakkablik darajasiga va bajarilayotgan ishning xavfliligiga bog`liq. Kirish instruktaji dasturiga kiritilgan zarur savollar ro`yxati 3-Ilovada keltirilgan.
- Xodimlarning kirish instruktajida olgan bilimlarini instruktaj o`tkazgan xodim tekshirishi mumkií.
- Kirish instruktaji o`tkazilganligi ha?ida kirish instruktajini qayd qilish jurnalida hamda qabul qilish xatida (T-1 shakldagi) instruktaj olgan va instruktaj o`tkazganlar albatta imzolagan holda yozib qo`yiladi.
Kirish instruktajini qayd qilish jurnali mustaqil bo`linmalarning mehnat muhofazasi bo`limida saqlanadi. Saqlanish muddati 45 yil.
- Kirish instruktaji o`tkazmasdan va qabul qilish xatida belgilamasdan ishga qabul qilish taqiqlanadi.
ISH JOYIDA BIRLAMCHI INSTRUKTAJ
- Ish joyida birlamchi instruktajni maqsadi ishning to`g`ri va xavfsiz usuli hamda uslublari bo`yichà har bir ishchiga ta`lim berish. Instruktaj jarayonida ishchini jihozlar, mexanizmlar, moslamalar, ularning tavsiflari va konstruktsiyalarining o`ziga xosliklari, mumkin bo`lgan xavflar va ish joyini tayyorlaø tartibi bilan tanishtirish kerak.
- Ish joyida birlamchi instruktaj bo`linmalarga yangidan ishga qabul qilinayotgan, bir bo`linmadan boshqasiga yoki boshqa kasb bo`yicha ishga o`tkazilayotgan barcha ishchilarga, vaqtinchalik ishchilarga va praktikantlarga asosiy va ikkinchi (bir-biriga yaqin) kasblar bo`yicha o`tkaziladi.
- Ish joyida birlamchi instruktajni xodimlarning bevtosita rahbarlari (smena, bo`lim, uchastka ustalari, boshliqlar va b.q) ish joyida birlamchi (takroriy) instruktaj dasturlari bo`yicha o`tkazadilar.
- Elektr texnik bo`lmagan xodimlarga elektr xavfsizligi bo`yicha instruktaj o`tkazishni va malakaviy guruh berishni korxona, bo`linma, sex, uchastkada elektr xo`jaligi uchun mas`ul shaxs yoki uning yozma ko`rsatmasi bilan elektr xavfsizlik guruhi III dan kam bo`lmagan shaxs amalga oshiradi.
- Ish joyida birlamchi instruktaj dasturlarini bo`linmalar (sex, bo`lim, uchastka) rahbarlari bo`linmalarda bajariladigan ish turlari va har bir kasb bo`yicha ish joyda instruktaj o`tkazishninã namunaviy dasturi asosida ishlab chiqadi. Instruktaj o`tkazish dasturlari bo`linmaning mehnat muhofazasi bo`limi bilan kelishiladi va bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi (ish sharoiti o`zgargàí taqdirda dastur o`zgarishi mumkin).
Ish joyida birlamchi instruktaj dasturlari ishlarni xavfsiz bajarish bo`yicha qoidalar va yo`riqnomalar asosida tuziladi, ularning ro`yxati korxona(bo`linma) bosh muhandisi kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
- Ish joyida birlamchi instruktaji o`tkazilganligi haqida 5-Ilovada keltirilgan shakldagi ish joyidà birlamchi instruktajini qayd qilish jurnaliga tegishli yozuv qilinadi, o`sha jurnalga instruktaj olgan va instruktaj o`tkazganlar imzo qo`yishadi.
Bo`linmaning sex, bo`lim, uchastka rahbari instruktaj oladigan ishchini amaliy ta`lim olish va stajirovka o`tashi uchun tajribali malakali ishchiga ta`lim muddatini va o`qitishning tashkil qilinganligi va sifati uchun mas`ul shaxs ko`rsatilgan yozma farmoyishi bilan biriktirib qo`yadi.
Instruktaj olgan ishchining bajaradigan ish hajmi ishchining haqiqatdan bajargan ishi va tajribasi hamda malakasi va ishning xavfliligidan kelib chiqqan holda bo`linma boshlig`i tomonidan aniqlanadi.
Bo`linma rahbari ustalar, mexaniklar va boshqa mutaxassislar o`tkazadigan ish joyidagi birlamchi instruktaj sifatini nazorat qilish shart va ularga instruktaj o`tkazishlari uchun ma`lum vaqt ajratishi hamda instruktaj o`tkazishda rasmiyatchilikka yo`l qo`ymasligi kerak.
TAKRORIY INSTRUKTAJ
- Barcha ishchilarga ish yo`nalishi bo`yicha xavfsizlik qoidalarida ko`zda tutilgan muddatlarda takroriy instruktaj o`tkaziladi; agar, qoidalarda muddat ko`zda tutilmagan bo`lsa, takroriy instruktaj kvartalda 1 martadan kam bo`lmagan holda o`tkaziladi.
- Mehnat muhofazasi bo`yicha takroriy instruktaj ish joyida birlamchi (takroriy) instruktaj dasturi bo`yicha yo`riqnoma o`rganilib, suhbat ko`rinishda o`tkaziladi.
Belgilangan vaqtda biror sabab(otpuska, kasallik, komandirovka va b) blan instruktajdan o`tmay qolgan ishchilar ishga chiqmagan kunlari instruktajdan o`tishlari kerak.
Instruktaj natijalari "Ish joyida instruktajni qayd qilish jurnali"ga yozib qo`yiladi
Instruktajdan o`tmagan shaxslar ishga qo`yilmaydi (asos: O`zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 215 - moddasi).
REJADAN TASHQARI INSTRUKTAJ
Rejadan tashqari instruktaj quyidagi hollarda o`tkaziladi:
- texnologik jarayonlar, jihozlar, moslamalar va instrumentlar, dastlabki materiallar, xom ashyolar va boshqalarga ta`sir qiluvchi boshqa omillarning ishlash sharoitlari o`zgarganda;
- mehnat xavfsizligi bo`yicha yangi hujjatlar ishga tushganda va me`yoriy hujjatlardagi qoidalarda o`zgarishlar bo`lganda;
- nazorat organlari yoki baxtsiz hodisalarni tekshirish bo`yicha komissiya talablariga binoan;
- Mehnat muhofazasi talablarining xodimlar tomonidan muntazam buzilishlarida;
- ishdagi uzilishlarda - mehnat xavfsizligining qo`shimcha (yuqori) talablari talab qilinadigan ishlar va kasblar uchun 30 kalendar kuni, boshqa ishlar uchun -60 kun.
Rejadan tashqari instruktajni bevosita rahbar o`tkazadi.
Bunda ish sharoitining va qoidalarning o`zgarish hollari mehnat muhofazasi bo`yicha instruktaj o`tkaziladigan yo`riqnomada qayta ko`rib chiqiladi. Rejadan tashqari instruktajning o`tkazilishi "Ish joyida instruktajni qayd qilish jurnali"ga sabablari albatta ko`rsatilib, rasmiylashtiriladi.
MAQSADLI INSTRUKTAJ
Maqsadli instruktaj quyidagi hollarda o`tkaziladi:
- mutaxassisligi bilan to`g`ridan-to`g`ri bo`lmagan bir martalik ishlarni bajarganda;
- korxona bo`yicha tasdiqlangan ro`yxatga muvofiq bajariladigan, naryad-ruxsatnoma berilgan o`ta xavfli ishlarni bajarganda.
Instruktaj o`tkazilgandan so`ng ishlarni bajaruvchilar belgilangan shakldagi xavfliligi yuqori bo`lgan ishlarga naryad-ruxsatnomada o`z imzolarini qo`yishadi. Instruktajni naryad-ruxsatnoma bo`yicha ishlarga mas`ul rahbar o`tkazadi.
Yüklə 33,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin