Ish yuritishning integrallangan tizimlari. Rahbarning ish joyini avtomatlashtirish vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy vazifalariga eng oddiy hujjatlarni yaratish (tuzish), tahrir qilish, formatlash vazifalari, elektron pochta, faks va telefon aloqasi funksiyalarini markazlashtirish, korxonaning hujjatlar aylanmasini dispetcherlashtirish, monitoring qilish, ma’muriy xo'jalik faoliyatini optimallashtirish hamda tezkor axborotlarni yetkazib berish kiradi.
Hisobchilik (buxgalterlik) tizimlari. Bu o'zida matn va jadval muharrirlarini, elektron jadval bazalarini boshqarish tizimlarining vazifalarini birlashtirgan ixtisoslashgan tizimdir. U korxonaning birlamchi (boshlang‘ich) buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va ularni hisobga olishni avtomatlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish, xo- 'jalik, moliyaviy faoliyat yakunlari bo'yicha soliq idoralari byudjetidan tashqari jamg‘armalar va statistika hisobi idoralariga taqdim etish uchun belgilangan shakllardagi muntazam hisobotlarni avtomatik tarzda tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Moliyaviy tahliliy tizimlar. Bu toifa dasturlari bank va birja tuzilmalarida ishlatiladi. Ular moliya, tovar va xom-ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat qilish, ro'y berayotgan hodisalarni tahlil qilish, ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash vazifasini bajaradi.
Geoaxborot tizimlari (GAT) kartografiya va geodeziya ishlarini tipografik hamda aerokosmik usullardan olingan axborot asosida avtomatlashtirishga mo'ljallangan.
Videomontaj tizimlari. Video materiallarga ratsiya orqali ishlov berish, ularni montaj qilish, video effektlarni yaratish, materiallardagi nosoz joylarni tuzatish, tasmaga ovoz, titr va subtitrlarni tushirish uchun mo'ljallangan.
Fayllar dispetcherlari (fayl menejerlari). Ushbu sinfga mansub dasturlar yordamida fayllar tuzilmasiga xizmat ko'rsatish bilan bog‘liq bo'lgan amallar: nusxa ko'chirish, fayllarning joyini ko'chirish, qayta nomlash, kataloglar tuzish, fayllar va kataloglarni chiqarib tashlash, fayllarni izlash, fayllar tuzilmasida turli amallarni bajarish va hokazolar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |