Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. “O`qituvchi” 2002y.
Holmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika,dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y.
Mustaqil bajarish uchun variantlar: Chiziqli jarayonlarni algoritmlshga doir vazifalar Tikuv fabrikasi bo’limida birinchi tikuvchi bir soatda a=200m., ikkinchisi bq215m., uchinchisi c=225m., to’rtinchisi d=250m. ip ishlatadi. Agar ular bir kunda t=7 soat ishlasa hammasi bo’lib qancha ip ishlatadi.
Paxta punktida 12 ta paxta uyumi mavjud bo’lib har bir uyum eni aq10m., bo’yi bq40 m., va balandligi h=6m. 1m. kub paxta 13 kilogramni tashkil etsa, punktdagi hamma paxta qanchaligini toping.
Bir juft 41-razmerli tufli tikish uchun a=0.21m.kvadrat charm, 40-razmer uchun b=0.19m.kv., 39 razmer uchun c=0.17m.kv. charm ketadi. Agar ishchi bir oyda 41-razmerdan 4 ta, 40 razmerdan 6 ta, 39 razmerdan 15 ta tufli tiksa, u uch oyda qancha charm ishlatgan bo’ladi.
Qirqilgan gazlama tamonlarining uzunliklari aq3sm., b=4.8sm., c=3.4sm., d=5.2sm bo’lsa, uning yuzasini toping.
Ishchi s=36540 so’m oylik maosh oladi. Agar 1so’mdan 4 ming so’mgacha 15%, 4 ming so’mdan 8 ming so’mgacha 25%, 8 ming so’mdan 12 ming so’mgacha 30% va undan yuqorisidan 36% soliq ushlansa ishchi qo’liga qancha oyliki oladi.
Uchburchak shaklda kesilgan matoning tamonlari a=2.6sm., b=3.4sm., c=2.4sm. bo’lsa ular burchaklarini graduslarda aniqlang.
Tekislikda koordinatalari x(i) va y(i) (i=1,2,..,n) bo’lgan n ta nuqta berilgan. Ular ketma-ket biri ikkinchisi, ikkinchisi uchinchisi bilan va hakazo birlashtirilgan. Eng katta uzun kesma va ularni birlashtiruvchi nuqtalar koordinatalari topilsin.. N=5 deb olinsin.
M1,M1,...,Mn nuqtalar o’z koordinatalari bilan berilgan. Shu nuqtalardan markazi (x0,y0) radiusi R ga teng bo’lgan aylana ichida yotadiganlarini aniqlang.
Zavod n xil tovar ishlab chiqaradi. Har bir tovar tan narxi ai va miqdori ci bo’lsa, uchta eng ko’p foyda olib kelishi mumkin bo’lgan tovarlar aniqlansin.
Birdan boshlab 20 ta 7 ga karrali sonlar aniqlanib ularni A(20) massiviga joylashtirilsin va ular ichida 9 ga karralilari topilsin.
Birdan un minggacha sonlar ichida nechta 7 hamda 9 ga karrali son borligi aniqlansin va ular faylga yozilsin.
Viloyatda n ta tuman bo’lib, har bir tumanning shu yil etishtirgan paxta miqdorlari mavjud. Viloyat bo’yicha o’rtacha qanchadan paxta etishtirilgan? Eng ko’p paxtani qaysi tuman etishtirgan.
Natural n soni berilgan, shu sonning hamma bo’linuvchilari topilsin va ular faylga yozilsin.
Tekislikda n ta nuqta berilgan M1(x1,y1), M2(x2,y2),... ,Mn(xn,yn). Koordinata boshi M(x0,y0) nuqta bo’lsa, berilgan nuqtalarning koordinata boshigacha bo’lgan masofalari topilsin va eng yaqin masofada turgan nuqta koordinatasi aniqlansin.
Bir metr ipning og’irligi 0,03 g. Gazmol to’qishda 1 m. uchun 1000 ta ip ishlatiladi. Eni 1,4 m. uzunligi 5 m. gazmol og’irligi aniqlansin.
Tekislikda M1,M2,...,Mn nuqtalar to’plami o’z koordinatalari bilan berilgan. Shu nuqtalar to’plami ichida 1 va 3 chi chorakda joylashganlari soni va ular koordinatalari chiqarilsin.
Tajribali bichuvchi bir juft poyabzalni 1 soatda, shogirdi 2 soatda bichadi. Agar ular ishni bir vaqtda boshlasalar, qancha vaqtdan so’ng yana birga boshlaydilar.
Kvadratning tomoni a berilganda, uning yuzasi s hisoblansin.
Tomonlari a va b bo'lgan to'g'ri to'rtburchak berilgan, uning yuzasi s va perimetri p hisoblansin
Aylana diametri dberilgan, uning uzunligi l hisoblansin. Bu yerda pi =3,14.
Kub qirrasining uzunligi a berilgan yuzasi s hisoblansin.
To'g'ri to'rtburchak shaklidagi parallelopipedning qirralari a, b, c berilgan. Uning hajmi v va sirtining yuzi s lar hisoblansin
Berilgan r radiusga ko'ra doira ay hisoblansin.
Ikkita a va b sonlar berilgan. Ularning o'rta arifmetigi hisoblansin.
Ikkita manfiy bo'lmagan a va b sonlar berilgan. Ularning o'rta geometrigi hisoblansin.
Ikkita nolga teng bo'lmagan a va b sonlari berilgan. Ularning yig'indisi, ayirmasi, ko'paytmasi va bo'linmasi hisoblansin
Ikkita nolga teng bo'lmagan sonlar berilgan. Ularning yig'indisi, ayirmasi, ko'paytmasi va ularning bo'linmasining moduli hisoblansin
To'g'ri burchakli uchburchakning a va b katetlari berilgan.Uning gipotenuzasi chamda perimetri p hisoblansin.
Radiuslari r1 va r2 bo'lgan (r1>r2) hamda markazlari umumiy 2 ta doira berilgan. Birinchi doiraning yuzi s1, ikkinchi doiraning yuzi s2 hamda tashqi doiraning ichida va ichki doiraning tashqarisida joylashgan yuza s3 (s3=s1-s2) hisoblansin
Doiraning aylana uzunligi l berilgan. Uning radiusi r va yuzi s hisoblansin.
Doiraning yuzi s berilgan. Uning diametri d va aylana uzunligi l hisoblansin
Sonlar o'qida berilgan X1 va X2 nuqtalar orasidagi masofa (X2-X1) hisoblansin
Sonlar o'qida A, B, C nuqtalar berilgan.(Bu yerda C nuqta A va B nuqtalar orasida yotadi deb hisoblanadi) AC va BC kesmalar uzunliklari hamda ularning ko'paytmasi hisoblansin.
Sonlar o'qida A,B,C nuqtalar berilgan. AC va BC kesmalar uzunligi va ularning yig'indisi hisoblansin.