• ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar.
MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya’ni mavjud funktsiyalarni o’zgartirish va
yaratilgan xususiy funktsiyalarni qo’shish mumkin.
MATLAB tarkibiga kiruvchi
Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funktsional bloklardan tuzilgan
modellar ko’rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. Simulink juda
katta va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo’lgan
bloklarning bibliotekasiga ega. Bloklarning parametrlari sodda vositalar
yordamida kiritiladi va o’zgartiriladi.
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos
holda guruhlarga bo’lingan: signallar
manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz,
chiziqli bo’lmagan, matematik funktsiyalar va jadvallar, signallar va tizimlar.
Foydalaniluvchi blok va bibliotekalar yaratish funktsiyasiga ega bo’lganligi sababli
Simulinkda qo’shimcha ravishda kengayuvchi bloklar
bibliotekasini hosil qilish
mumkin. Biriktirilgan va foydalaniluvchi bloklarning funktsionalligini sozlashdan
tashqari, belgi(znachok) va dialoglardan foydalanib foydalaniluvchi interfeys hosil
qilish ham mumkin, Maxsus mexanik, elektr va dasturiy komponentlarning
(motorlar, o’zgartkichlar, servo-klapanlar, ta’minlash manbalari, energetik
qurilmalar, filtrlar, shinalar, modemlar va boshqa dinamik kompanentlar)
ishlashini modellashtiruvchi bloklar yaratish mumkin. Yaratilgan blokni kelajakda
foydalanish uchun bibliotekada saqlab
qo’yish
mumkin.
Keyingi yillarda loyihachilar matematik tizimlarning integratsiyalashuviga va
ulardan birgalikda foydalanishga katta e’tibor bermoqdalar. Murakkab matematik
masalalarni bir necha tizimlar yordamida yechish eng
yaxshi va mos vositalarni
tanlash imkoniyatini beradi va olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi.
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar ( Mathcad, Maple
va Mathemati) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni zamonaviy matnli
protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud. Masalan, MATLAB yangi
versiyalarining vositasi — Notebook — Word 95/97/2000/XR matn
protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning kerakli joylariga MATLAB
hujjatlari va sonli, jadval yoki grafik ko’rinishdagi hisoblash natijalarini qo’yish
imkoniyatini beradi. Natijada “jonli” elektron kitoblarni tayyorlash mumkin.
Ularda namoyish qilinayotgan misollarni operativ tarzda o’zgartirish mumkin.
Masalan, boshlang’ich shartlarni o’zgartirib, masalani yechish natijalarining
o’zgarishini kuzatish mumkin. MATLAB 6 da grafiklarni
Microsoft PowerPoint
slaydlariga eksport qilishning takomillashgan vositalari ham ko’zda tutilgan.
MATLABda tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish paketlari -
Toolbox asboblar to’plami yordamida hal qilinadi. Ularning ko’plari boshqa
dasturlar bilan integratsiyalashuv uchun maxsus vositalarga ega. MATLAB tizimi
bloklar ko’rinishida berilgan, dinamik tizim va qurilmalarni modellash uchun
yaratilgan Simulink dasturiy tizimi bilan ham integratsiyalashgan.
Vizual-
yo’naltirilgan dasturlash printsiplariga asoslangan Simulink murakkab
qurilmalarni yuqori aniqlikda modellash imkoniyatini
beradi.
O’z navbatida boshqa ko’plab matematik tizimlar, masalan, Mathcad va
Maple MATLAB bilan ob’ektli va dinamik bog’lanishi mumkin. Natijada ular
MATLABdagi matritsalar bilan ishlashning effektiv vositalaridan foydalanishlari
mumkin. Komp’yuter matematik tizimlarining
bunday integratsiyalashuv
tendentsiyasi shubhasiz keyinchalik ham davom etadi.
MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga
oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo’l bilan kengayishi
va bu kengayish m-fayllar ko’rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda,
tizimning kengayishlari komp’yuterning qattiq diskida saqlanadi va
MATLABning biriktirilgan (ichki) funktsiyalari va protseduralari kabi kerakli
vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi.
Tizimning qo’shimcha pog’onasini toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi.
U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo’naltirish imkoniyatini beradi.
Bunday sohalarga misol tariqasida matematikaning maxsus bo’limlari,
fizika va
astronomiya, telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash, hodisaviy
boshqariluvchi tizimlarni loyihalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin. Xulosa
qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun yuqori
darajadagi moslashuvchanlikka ega.
MATLAB tizimi kuchli matematik-yo’naltirilgan yuqori darajali dasturlash tili
sifatida yaratilgan. Bunday yo’nalish tizimning afzalliklaridan biri bo’lib
hisoblanadi va uni yangi, yanada murakkab matematik masalalarni yechish uchun
qo’llash mumkinligidan dalolat beradi.
MATLAB tizimi BASICga o’xshash (Fortran va Paskalning ayrim elementlari
ham qo’shilgan) kirish tiliga ega. Dastur ko’plab komp’yuterdan foydalanuvchilar
uchun tanish bo’lgan an’anaviy usulda yoziladi. Bundan tashqari tizim dasturlarni
har qanday matn tahrirlagichi yordamida tahrirlash imkoniyatini beradi.
MATLAB o’zining sozlagichli tahrirlagichiga ham ega.
MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni
dasturlash sohasida har
qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U
hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga
oshiradi, jumladan, ob’ektga-mo’ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink
vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish
tajribali dasturlovchilar uchun o’z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun
cheksiz imkoniyatlar beradi.
Dostları ilə paylaş: