1-rasm. MATLABni ishga tushirish
MATLAB ishga tushgandan keyin ekranda uning asosiy oynasi paydo bo’ladi
(1-rasm) va u komandalar (buyruqlar) rejimida ishlashga tayyor holga keladi.
Odatda bu oyna to’liq ochilmaydi va ekranning faqat bir qismini egallaydi.
Ustki
o’ng burchagida joylashgan uchta tugmadan o’rtadagisini bosish yo’li bilan oynani
to’liq ochish mumkin. CHapdagi tugma bosilganda oyna yopiladi, o’ngdagi tugma
bosilganda esa MATLABning ishlashi to’xtatiladi.
2-rasm. MATLAB oynasining ishga tushirilgandan va oddiy hisoblar
bajarilgandan keyingi ko’rinishi
MATLAB bilan ishlash seansini
sessiya (session) deb atash qabul qilingan.
Sessiya, mohiyati jihatidan, foydalanuvchining MATLAB
tizimi bilan ishlashini
aks ettiruvchi joriy hujjat bo’lib hisoblanadi. Unda kiritish, chiqarish satrlari va
xatolar to’g’risida axborot bo’ladi. Xotiraning ishchi sohasida joylashgan sessiyaga
kiruvchi o’zgaruvchilar va funktsiyalarning tavsiflarini (sessiyani emas) .mat
formatli fayl shaklida diskka Save (Saqlash) buyrug’i
yordamida yozib olish
mumkin. Load (Yuklash) buyrug’i yordamida ma’lumotlar diskdan ishchi sohaga
yuklanadi. Sessiyaning fragmentlarini Diary (Kundalik) buyrug’i yordamida
kundalik shaklida rasmiylashtirish mumkin.
Tizim bilan to’g’ridan – to’g’ri hisoblashlar rejimida ishlash, dialog xarakterda
bo’lib “savol berildi, javob olindi” tarzida kechadi.
Foydalanuvchi buyruqlar
satrida klaviatura yordamida hisoblanadigan ifodani teradi, agar zarur bo’lsa uni
tahrirlaydi va ENTER klavishasini bosish bilan kiritishni tugallaydi (2-rasm).
3-rasm. Tizim bilan to’g’ridan – to’g’ri hisoblashlar rejimida ishlash
Misol uchun yuqoridagi rasmda 2+3 ifodani va sin(I) ni hisoblash keltirilgan.
Bunday sodda misollardan ham quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
•
boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun » simvolidan
foydalaniladi;
•
ma’lumotlar oddiy matn tahrirlagichi yordamida kiritiladi;
•
ifodani hisoblash natijalarini chiqarishni blokirovka qilish (vaqtincha
to’xtatib turish) uchun undan keyin ; belgisini (nuqta vergul) qo’yish
kerak;
•
agar hisoblash natijalari uchun o’zgaruvchi ko’rsatilmagan bo’lsa
MATLABning o’zi ans o’zgaruvchisini tayinlaydi;
•
o’zlashtirish belgisi sifatida matematiklar uchun odatiy bo’lgan
tenglik belgisi
= ishlatiladi ( ko’pgina boshqa
dasturlash tillari va
matematik tizimlarda qabul qilingan tarkibiy belgi
:= emas);
•
chiqarish satrlarida » belgisi bo’lmaydi;
•
biriktirilgan funktsiyalar (masalan, sin) kichik harflar bilan yoziladi,
ularning argumentlari yumaloq qavs ichida ko’rsatiladi;
•
dialog «savol berildi, javob olindi» tarzida kechadi;
Ayrim hollarda tartibga solingan sonlar ketma-ketliklarini formatlash talab
qilinadi. Bunday ketma-ketliklar vektorlarni yoki
grafiklarni qurish vaqtida
abstsissalarning qiymatlarini hosil qilish uchun zarur bo’ladi. Sonlar ketma-
ketliklarini formatlash uchun MATLAB tizimida :
(ikki nuqta) operatori
ishlatiladi:
Boshlang’ich_ qiymat : Qadam : So’nggi_
qiymat
Bunday konstruktsiya boshlang’ich
qiymat bilan boshlanuvchi, berilgan
qadam bilan davom etuvchi va so’nggi qiymat bilan tugallanuvchi sonlarning ortib
boruvchi ketma-ketligini hosil qiladi. Agar qadam berilmagan bo’lsa, uning
qiymati 1 deb qabul qilinadi. Agar boshlang’ich qiymat so’nggi qiymatdan kichik
qilib olingan bo’lsa, xatolik to’g’risida xabar beriladi. Quyida ikki nuqta (:)
operatorining qo’llanilishi bo’yicha misollar berilgan:
» 1:5
ans =
12345
» i=0:2:10
i = 0 2 4 6 8 10
» j=10:-2:2
j =10 8 6 4 2
» V=0:pi/2:2*pi;
» V
V =
0 1.5708 3.1416 4.7124 6.2832
Dostları ilə paylaş: