1-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Microsoft Access dasturida shakllar bilan ishlash


Ma`lumotlar bazasini normallashtirish



Yüklə 361,38 Kb.
səhifə10/13
tarix02.01.2022
ölçüsü361,38 Kb.
#42496
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 Mavzu

Ma`lumotlar bazasini normallashtirish
Normallashtirish – bu ma`lumotlarni qo`shishda, o`zgartirishda va o`chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo`laklarga jadvalni bo`lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma`lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya`ni ma`lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejam foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma`lumotlar orasida qaramaqarshiliklarni bartaraf qilish uchundir.

Har bir jadval relyatsion ma`lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko`ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko`p miqdorda xuddi shunday qiymatlar bo`lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, ya`ni takrorlanuvchi ma`lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma`lumotlar bazasiga kiritilmaydi.

Har qanday normallashgan jadval avtomat ravishda birinchi normal formada, qisqacha 1NF, deb hisoblanadi. Shunday qilib, umuman olganda, “normallashtirilgan” va “1NF da joylashgan ” bitta ma`noni anglatadi. Lekin amaliyotda “normallashtirilgan” atamasi ko`proq tor ma`noda islatiladi – “to`liq normallashtirilgan”, ya`ni proyektda normallashtirishning hech qaysi prinsipi buzilmayapti degan ma`noda.

Keyingi pog`onadagi normallashtirishlarni ko`rib chiqamiz – ikkinchi normal forma (2NF), uchinchi normal forma (3NF) va hokazo. Umuman olganda, jadval 1NF da bo`lsa va undan tashqari yana bir qo`shimcha shartni qoniqtirsa, uning ma`nosi keyinroq ko`rib o`tiladi. Jadval 3NF da deyiladi, qachonki u 2NF dab o`lsa va yana bir qo`shimcha shartni qoniqtirsa va hokazo.

Har bir normal forma qandaydir ma`noda oldingisiga qaraganda ancha chegaralangan, lekin ma`qulroqdir. Bu shunga bog`liqki, “N-chi normal forma” ega bo`lgan ba`zi yoqimsiz tomonlariga “(N+1)-chi normal forma” ega emas. N-chi normal forma ga qarab (N+1)-chi normal formaga qo`yilgan qo`shimcha shartning umumiy ma`nosi ana shunday yoqimsiz tomonlarni yo`qotishdan iborat.

Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog`liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog`liqliklarning ikki turi aniqlangan: funksional va ko`p qiymatli

Funksional bog`liqlik: Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo`lsa, jadvalning B maydoni huddi shu jadvalning A maydoniga funksional bog`langan deyiladi. Aytib o`tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar bo`lishi mumkin.

To`liq funksional bog`liqlik: B maydon A tashkil qiluvchiga to`liq funksional bog`liq bo`ladi, agar u A ga funksional bog`liq bo`lsa va A maydonning boshqa qitymatlariga bog`liq bo`lmasa.

Ko`p qiymatli bog`liqlik: A maydon huddi shu jadvalning B maydonini ko`p qiymatli aniqlaydi, agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo`lsa.

Ko`p funksional bog`liqlikga misol “O`qish jadvali”




Tartib

Muallim

Darslik

Dasturlash

Abdullayev I.R.

Liberti Dj . Osvoy samostoyatelno C++

Dasturlash

Raxmonov U.K.

Forsayt R. Pascal dlya vsex

Dasturlash

Kovalev N.N.

Liberti Dj. Osvoy samostoyatelno C++

Dasturlash

Kovalev N.N.

Forsayt R. Pascal dlya vsex

Dasturlash

Raxmonov U.K.

Faysman K. Professionalnoye programmirovaniye na Paskale

Jadvalda ko`p qiymatli bog`liqlik bor “Tartib-Muallim”: tartib bir nechta muallim tomonidan o`qilishi mumkin. Yana boshqa bog`liqlik ham bor “Tartib-Darslik”: informatikani o`tishda “Pascal dlya vsex”, ”Osvoy samostoyatelno C++” va “Professionalnoye programmirovaniye na Pascale” darsliklari ishlatiladi. Bunda Muallim va Darslik funksional bog`lanmagan, bu esa ortiqchalikka olib keladi (yangi darslikni yozish uchun yana ikkita yangi qator yozish kerak bo`ladi). Bu jadvalni ikkiga ajratganda ish yaxshilanadi.

























































Yüklə 361,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin