5-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Ma`lumotlar bazasini tashkil qilish
Sohalar ma`lumotlar bazasi – bu katta tashkilotlar information tizimlari hisoblanib, ular o`zida bir necha o`nlab MBni saqlaydai. Bu MB har xil bo`limlarda joylashgan o`zaro bog`langan EHMlarda joylashgan bo`ladi.
Amaliy ma`lumotlar bazasi – bu bir yoki bir necha amaliy masalalarni уechish uchun zarur bo`lgan berilganlarni birlashtiruvchi ma`lumotlar bazasidir.
Sohalar ma`lumotlar bazasi har qanday joriy va kelgusi ilovalarni quvvatlashni ta`minlab beradi. Uning ma`lumotlar elementlari amaliy ma`lumotlar elementlari to`plami bazasiga ham kiradi.
Mbni loyihalashtirishnung joriy va oldindan ko`rilgan ilovalarga asoslanib yuqori effektli informatsion tizimlarniyaratishni yanada tezlashtirish mumkin. Shu sabab amaliy loyihalash Mbni ishlab chiqaruvchilarni o`ziga jalb etmoqda. Bunday informatsion tizimlarda ilovalar sonining oshib borishi amaliy MB sonini tez o`stirib yubormoqda.
Shunday qilib har bir qarab chiqilgan loyihalashga bo`lgan usul har xil yo`nalishdagi loyihalashtirish natijasiga ta`sirini ko`rsatadi.
Maqsadga erishish uchun loyihalash metadalogiyasini tashkil etishda sohali va amaliy usullarni qo`llash effektivligiga bog`liqdir. Umuman olganda sohali usul boshlang`ich informatsion strukturani qurish uchun ishlatiladi, amaliy usul ese uni rivojlantirish maqsadida ma`lumotlarni qayta ishlash effektivligini oshirishda ishlatiladi.
Informatsion tizimlarni loyihalashda bu tizimlarni to`liq analiz qilish va unga bo`lgan foydalanuvchilar talablarini aniqlashga olib keladi. Ma`lumotlarni yig`ish mohiyatni o`rganish bilan boshlanadi.
Mbni loyihalashning asosiy maqsadi – bu saqlanadigan ma`lumotlarni kamaytirish, ishlatiladigan xotira hajmini iqtisod qilish va ko`p qaytariladigan operatsiyalarni kamaytirishdir.
Dostları ilə paylaş: |