1-Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Microsoft Access dasturida shakllar bilan ishlash


Shakllarni aks ettirish holatlari



Yüklə 361,38 Kb.
səhifə2/13
tarix02.01.2022
ölçüsü361,38 Kb.
#42496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1 Mavzu


Shakllarni aks ettirish holatlari


Har bir Access-shaklni ekranda quyidagi holatlarda aks ettirish mumkin:

-konstruktor holatida;

-shakl holatida;

-jadval holatida.


Ko`rsatilgan holatlarni o`zgartirish Вид menyusi buyruqlari yordamida yoki uskunalar panelidagi holatlar nomlari ro`yxatini ochuvchi Вид tugmasi yordamida amalga oshiriladi.

Konstruktor holati. Shakllarning konstruktor holati Вид menyusining Конструктор buyrug`i yordamida o`rnatiladi va shakllarni loyihalash uchun mo`ljallangan.

Shakl holati. Вид menyusining Режим формы buyrug`i shakllarning ishchi ko`rinishini o`rnatadi. Bu holatda foydalanuvchi shakl yaratilgan jadvalda qo`shish, o`chirish, yangilash va ma`lumotlarni aks ettirish ishlarini bajarishi mumkin. Ma`lumotlar yozuvlar bo`yicha (faqat bitta yozuv ma`lumotlari ko`rinadi) yoki jadval ko`rinishida (ekranda bir nechta yozub paydo bo`ladi) aks ettiriladi. Yozuvlar bo`yich tasvirlashni ma`lumotlarni qo`shish va o`zgartirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.

Jadval holati. Shakllarni jadval holatida tasvirlash Вид menyusining Режим таблицы buyrug`i yordamida amalga oshiriladi. Bu holatda foydalanuvchi bir paytda bir nechta boshqaruv elementlarisiz formatlanmagan yozuvlarni ko`rishi mumkin. Jadval holatida tasvirlangan shakl har doim ham shakl uchun asos bo`lgan jadval bilan bir xil bo`lmaydi. Maydonlarning shaklda va joriy jadvalda joylashish tartibi farq qilishi mumkin.

Shakldagi yozuvlarni ko`rish shakl oynasining pastki qismida joylashgan strelkali tugmalar hamda [PageUp] va [PageDown] tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Aktivlashtirilgan maydon tashkil qiluvchilari belgilanadi. Shakl maydonlarini tashkil etuvchilarini almashtirish mumkin bo`lgan tahrirlash holati [F2] tugmasini bosish yordamida o`rnatiladi. Maydon tashkil etuvchilari o`zgartirilganda shakl oynasining belgilash ustunida qalam tasviri paydo bo`ladi.



Shaklga yangi yozuvlar kiritish mumkin. Buning uchun Записи menyusining Ввод данных buyrug`i mo`ljallangan. Uni ishga tushirganda yangi ma`lumotlar bilan to`ldirish mumkin bo`lgan bo`sh yozuv paydo bo`ladi. Shakldan yozuvlarni o`chirish [Delete] tugmasi yordamida amalga oshiriladi. O`chiriladigan yozuv belgilanishi shart. Buning uchun belgilash ustunida sichqonni bosish yetarli. Yozuvlarni belgilash ustunidan tashqarida sichqonchani bosish bilan bekor qilinadi. Belgilangan yozuvlar Правка menyusining Вырезать и Копировать buyrug`i yordamida almashish buferiga olib qo`yilishi mumkin. Shakllarda izlash va almashtirish amallarini bajarish mumkin.

Yüklə 361,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin