1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə19/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

13-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: O’YINNING BOLALAR FAOLIYATINING ASOSIY TURI SIFATIDAGI O’ZIGA XOSLIGI.

REJA:
  1. O’yin bola faoliyatining asosiy turi


  2. O’yin bolalarning mehnat faoliyati asosidagi ijtimoiy faoliyati


  3. O’yinlarning maktabgacha yosh davridagi bolalar faoliyatidagi o’ziga xosliklari




Amaliy mashg’ulotning maqsadi: bolalarning yetakchi faoliyat turi haqida tushunchani shakllantirish, o’yin turlari bilan tanishtirish.

Ta’lim mertodlari:Ven diagrammasi, Blits-so’rov, BBB

Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.

Kutilayotgan natija: Bolalar bilan o’tkaziladigan o’yin turlarini yaxshiroq o’rganishadi.

Kichik ma’ruza:

O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv usulidir. O‘yin kattalar hayotida muayyan o‘rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo‘lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bola shug‘ulanadigan ko‘pchilik jiddiy ishlar o‘yin shaklida bo‘ladi. O‘yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o‘ylaydi. O‘yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan bo‘lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o‘sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o‘yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.

Y.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g‘oyalari hozirgi zamon bolalar o‘yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o‘yini ko‘p asrlik tarixga ega- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».

Yan Amos Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to‘g‘ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o‘yin - bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq haqidagi tasavv urlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojlanadi. Bola o‘yin davomida tengqurlari bilan do‘stlashadi. Y.A.Komenskiy o"yi nga quvnoq bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sfiarti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli munosabatda bo‘lishn i, ularga oqi lona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.

P.F.Lestgail: bolalar o‘z o‘yin larida tevarak-atrofdan olgan tasurotlarini aks ettiradi lar, deydi. Bunday faol iyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.

Tarbiyachilar bolalar o‘yi n iga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim.Shu tariqa o‘yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy faoliyatdir; o‘yin doimo haqiqiy hayotn i aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi; o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat bo‘lib, uning mehnat bilan ko‘p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga hizmat qiladi. O‘yin faoliyati asosida boladagi o‘quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o‘ynasa, u maktabda shunchal ik yaxshi o’qiydi.

Ilk yoshli bolalar o‘yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib, u narsa-buyum-o‘yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo‘l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir.

Keyingi bosqich aks ettirish o‘yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o‘yini psixologik mazmu nining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim- tarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o‘z o‘yinlarida qo‘llay boshlaydilar.

Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o‘yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo‘lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish keraqligini aks ettiradi.

Bolalar o‘yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to‘ g‘risidagi ilmiy tasavvurlar har xii yosh guruhlarida bolalarning o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.


Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin