1-topshiriq. BBB metodi.
2-topshiriq. Savollarga javob bering.
Oila pedagogikasi fani nimani o’rganadi?
Oila pedagogikasi fani qaysi fanlar bilan aloqador?
Oila pedagogikasi fani estetika bilan qanday aloqadorlikka ega?
Oila pedagogikasi fani fiziologiya fani bilan qanday bog’liqlikka ega?
24-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: OILA PEDAGOGIKASI FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI.
REJA:
Oila pedagogikasi fanining umumiy pedagogika bilan aloqadorligi
Umumiy pedagogika tarmoqlari bilan bo’gliqligi.
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: oila pedagogikasi fanining boshqa fablar bilan aloqadorligini o’rganish
Ta’lim mertodlari: klaster, blits-so’rov.
Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: oila pedagogikasi fano bilan aloqador turli fan sohalari bilan tanishishadi.
Kichik ma’ruza:
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, avval u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi uzluksiz ta'lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo’lingan.
Oila pedagogikasi
Hunar ta’lim pedagogikasi
Oliy ta’lim pedagogikasi
Umumiy pedagogika
Maktabgacha pedagogika
Kattalar pedagogikasi
Maxsus pedagogika
“Didaktika” grekcha so'z bo'lib, "o'qitish", "o'rgatuvchi” degan ma’nolarni anglatadi. "Didaktika” so'zining lug'aviy tarji- masi “Ta’lim nazariyasi” demakdir. Ta'lim nazariyasi ta'lim jarayoni tushunchasi va mohiyatini, ta'lim tamoyillarini, ta'lim mazmunini, ta'lim metodlari, shakllari va vositalari mazmuni- ni aks ettiradi. Ta'lim nazariyasining asosiy mohiyati ta'limni tashkil etishdan iboratdir. Ta'limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Ta’lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, buesa ularni bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta'lim jarayonida o'quvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlar amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkam- lanadi. Inson tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga to'qnash kelish yo'Ii bilan bilib oladi, ularni o'zlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligina ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o'zlashtirib oladi.
Dostları ilə paylaş: |