1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja


-topshiriq: BBB metodi. O’yin turlari haqida



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə21/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

1-topshiriq: BBB metodi. O’yin turlari haqida.


Bilaman


Bilishni xohlayman


Bilib oldim





















2-topshiriq: Ven diagrammasi.



Umu miy jihatlar

Syujetli rolli o’yinlar


Didaktik o’yinlar


15-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYALANAYOTGAN BOLALARNING AQLIY RIVOJLANISHINI ANIQLASH VA MUSTAHKAMLASH.

REJA:


  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy jihatdan rivojlanishi.


  2. Bolalarning aqliy rivojlanishini aniqlash.


Amaliy mashg’ulotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanish darajasini o’rganish.

Ta’lim mertodlari: BBB, klaster, sinkveyn

Ta’lim vositalari: tayanch matn, markerlar, topshiriqlar, tarqatmalar

Kutilayotgan natija: Bolalarning aqliy rivojlanish darajasini kuzatishni tashkil etishni o’rganish.

Kichik ma’ruza:

Bolalarni maktab ta’limiga aqliy jihatdan tayyorgarligining ahamiyati o’quv faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Bu o’quvchilardan jiddiy aqliy mehnatni, aqliy qobiliyatni va bilish faoliyatini talab qiluvchi o’quv jarayonidan kelib chiqib belgilanadi.

Maktabga aqliy tayyorgarlik quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topadi:

  1. Bolada atrof-olam haqida yetarlicha keng bilim boyligining mavjudligi. Bilimlarning bu zaxirasi o’qituvchi ishini tashkil etishda zaruriy asos hisoblanadi.


  2. Bolalar bilimlarining yetarli darajada hisoblashtirilganligi. Bu bola voqelikning nisbatan yirik sohalarini ayrim tomonlarini farqlay olishi;


  3. Bola egallagan bilimlarning sifati. Bunda bilimlarning sifat ko’rsatkichi, ongli ravishda egallanganligi, tasavvurlarning aniq va tabaqalashtirtilganligi, oddiy tushunchalar mazmuni va hajmining to’liqligi, muntazamlilik.


  4. Bolaning bilish faoliyatining muayyan darajada rivojlanganligi. Bunda bilish jarayonlarining o’sib boruvchi ixtiyoriyligi:mavzuni ma’no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati, bilish jarayonining sifatini oshirish, sezgilarning aniqligi, idrokning to’liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi, bolada atrof-olamni bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o’qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.


    Psixolog olimlarning fikricha, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishga bo’lgan qiziqishni, ishtiyoqni, o’qishga va maktab qoidalarini bajarishga istakni tarbiyalash, maktabga ijobiy munosabatni, kitobga qiziqishni tarkib toptirish, o’quvchilarda barqaror o’quv qiziqishlari va maktabdagi o’quv jarayoniga ma’suliyatli munosabatni hosil qilishning muhim zamini hisoblanadi.

Bo’lajak o’quvchini maktabga aqliy tayyorgarligida- tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhimdir. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiyaviy va pedagogik sharoitlarda olib boriladigan har tomonlama ishlar asos hisoblanadi.

Aqliy faoliyatning elementar mustaqilligini ta’minlashda bola o’z amaliy faoliyatini mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko’nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo’yish va uni hal eta olish ko’nikmalari rivojlantiriladi.


Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin