1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə27/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

19-AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: OILADA BOLA TARBIYALASHNING TARIXIY QONUNIYATLARI ASOSIDA BU FANNING VUJUDGA KELISHI.

REJA:


  1. Oila pedagogikasi fanining tarixiy ildizlari.


  2. Oila tarbiyasi haqida Ibn Sino, Ulug’bek, Qoshg’ariy g’oyalari.


Amaliy mashg’ulotning maqsadi: oilada farzand tarbiyalash haqida allomlalar fikrlari bilan tanishtirish.

Ta’lim mertodlari: klaster, blits-so’rov

Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.

Kutilayotgan natija: mutaffakkirlarning g’oyaviy qarashlarini o’rganishadi.

Kichik ma’ruza:

Xalq donishmandalari oila muammosi va tarbiyasi haqidagi qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Halq og’zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda oila, ota -ona, oilaviy barqarorlik o’zaro munosabat masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Ota - ona behad bo’ladi xursand,

Farzand bo’lolsa munosib farzand!

Javhar Zamindar.
Namozi bomdoddin keyin volidangni

Ziyorat qil va xizmatida bo’l.

Rushtiy.
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko’proq yozma pandnomalarda; Kaykovusni «Qobusnoma», «Saodatnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si, «To’ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga doir masalalar ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.

Mutafakkir va ma'rifatparvarlarni ijodiy faoliyatida oila muammosi asosi o’rin egallagan. Buning sababi bo’lajak

Oila pedagogikasi fanini mazmundorligini ta'minlovchi badiiy adabiyot, san'at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy qadriyatlardir.

Oila tarbiyasidagi bolalar xayotini to’g’ri uyushtirish, ularni vaqtidan to’g’ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o’z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalari bo’yicha maxsus

Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o’rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.

Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalariga keng o’rin berilgan.

Ota oilada o’z farzandlariga xar tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so’z madaniyatida, o’zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to’g’rilik va xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo’lmog’i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to’g’ri yo’lga qo’yishning asosiy vositasi uning ma'naviy olamida e'ti qodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim.

Yusuf Xos Xojib «Qudatg’u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e'tibor beradi. U kishilarni uylanib, oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta'minotini yuritishgacha bo’lgan eng zaruriy vazifalarini birma bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo’lgan bolaning ma'suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqyei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to’g’ri yo’l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulqatvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni ogohlantiradi.

Mirzo Ulug’bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rin egallaydi. Shunday ekan, avvalambor bola tarbiyasida oila muhitini to’g’ri tashkil qilish darkor.

Unsurul maoniy Kaykovus «Qobusnoma» pandnomasida o’z farzanding sening ha qingda qanday bo’lishini tilasang, sen ham ota-onang ha qida shunday bo’lgil, nedinkim sen ota-onang ha qida ne ish qilsang, farzanding ham sening ha qingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o’xshaydir» deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e'zozlashga, mexr-o qibatli bo’lishga da'vat etadi. Ota-ona o’z farzandi uchun hatto o’limga ham tayyorligini ta'kidlaydi. Har bir farzand o qil va dono bo’lsa, ota-ona mexr-muxabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariy «Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit nikoxdan oldin uylanmo qchi bo’lgan qizini ko’rmog’i, uylanadigan qizining bokira bo’lmog’i hamda to’rt narsa umrda, komatda, molda va nasabda erdan past va to’rt narsada, husnda va jamolda, hulqda, adabda va iffatda erdan yu qori bo’lishi zarurligini, ta'kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.


Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin