1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Raqamli signal va E1 oqimni shakllanishini o‘rganish Ishdan maqsad: osi modelining ishlash jarayonini o’rganish orqali tarmoqlardagi jarayonlarni tahlil qilish Nazariy qism


Multimedia tushunchasi. Multimedianing afzalliklari



Yüklə 91,97 Kb.
səhifə2/7
tarix01.03.2023
ölçüsü91,97 Kb.
#86069
1   2   3   4   5   6   7
MAT amaliy 1 (1)

Multimedia tushunchasi. Multimedianing afzalliklari


Multimedia, multi – ko‘p, media — muhit deb tarjima kilinadi. Multimedia, turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar).
Multimedia-texnologiyalarining asosiy maksadi – tovush, video, animatsiya va boshka vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir.
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush "MEMEX" nomli xotirani tashkil kilish goyasini taklif kilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlaninishinig g‘oyaviy sababi bo‘ldi. "MEMEX" nomli xotiraning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, axborot belgilar, nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo‘yicha emas, balki mazmuniga qarab kidiriladi. "MEMEX" nomli xotiraning asosida gipermatn va gipermedia tizimlari yaratilgan.
Gipermatn, bu matnli ma’lumotlar bilan ishlash tizimi. Gipermedia tizimi - bu grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi deb xisoblanadi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo‘nalishini kelib chiqishiga olib keldi.
80 – yillar oxirida amerikalik kompyuter mutaxassisi Bill Geytsning "National Art Gallery of London"- «Londonning milliy san’at galereyasi» nomli dasturiy mahsulotini birinchi bo‘lib yaratgan. Bu multimedia dasturini yaratishda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn va gipermedia tizimlaridan foydalanilgan.
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • bitta axborot tashuvchisida katta xajmli turli ma’lumotlarni saqlash imkoniyati ( 20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan xam ko‘p yuqori sifatli tasvirlar, 30 – 45 minutli video yozuvlar, 7 soatga teng tovush ma’lumotlari);

  • ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish imkoniyati. ("lupa» rejimi ). Tasvirni sifatini saqlab qolgan holda 20 marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar va san’at asarlarini prezentatsiya qilganda foydalanish mumkin;

  • tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni qayta ishlash;

  • matnlar yoki turli ko‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bo‘lish (gipermedia va gipermatn texnologiyasi);

  • Internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyati.

Multimedia vositalari apparat va dasturiy vositalarga bo‘linadi.
Multimedia apparat vositalariga quyidagilar tegishli:
- audio (nutqli) va video kiritish va axborotni chiqarish qurilmalari;
- yuqori sifatli tovush va video platalar;
- video magnitofon yoki video kameradan tasvirni o‘qiydigan va o‘sha
ma’lumotlarni kompyuterga kiritadigan platalar;

  • yuqori sifatli akustik va tasvirni qayta tiklaydigan tizimlar. Bu tizimlar kuchaytirgich, tovush kolonkalari, katta hajmli video ekranlar;

- skanerlar (chunki ular avtomatik ravishda kompyuterga terilgan matn
va rasmlarni kiritish imkoniga ega);

- proektorlar;
- interaktiv doskalar;
- katta xajmga ega bo‘lgan optik va raqamli video disklar.
Multimedia dasturiy vositalari 2 ta guruxga bo‘linadi:
- multimedia amaliy dasturlar paketlari (multimedia-
ensiklopediyalari, kompyuter uyinlari, audio va videopleyerlar)
- maxsuslashtirilgan dasturiy vositalar – bularga professional grafik
muxarrirlar, 3D grafika muxarrirlari, tovush muxarrirlari tegishli.

Yüklə 91,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin