1-Amaliy mashg‘ulot “Metrologiya to‘g‘risida” gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi, “Mahsulot va xizmatlarini sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zR qonuni bo‘yicha tushunchalar berish



Yüklə 154,48 Kb.
səhifə1/8
tarix06.06.2023
ölçüsü154,48 Kb.
#126015
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg\'ulot


1-Amaliy mashg‘ulot “Metrologiya to‘g‘risida” gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi, “Mahsulot va xizmatlarini sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zR qonuni bo‘yicha tushunchalar berish.
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlarni o‘rganish va Oz‘DST 8.012:2004 “O‘zbekiston Respublikasining о‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi, Kattaliklar birliklari” davlat standarti, uning mazmuni va qo‘llanilish sohalari bilan tanishish.

Metrologiya to‘g‘risidagi qonun

1992 yil 2 martda Vazirlar Mahkamasining №93 “О‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish” tо‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoshida «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi» («О‘zdavstandart») tashkil etildi. Ushbu markaz Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi №342 “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga asosan «О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi» (О‘zstandart Agentligi) ga aylantirildi.


О‘zstandart Agentligi mamlakatimizda standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish sohasida amalga oshriladigan ishlarga bevosita rahbarlik qiladi.
«О‘zdavstandart» tashkil etilgandan keyin, uning oldiga kо‘plab vazifalar qо‘yildi. Jumladan, mustaqil mamlakatimizda metrologiya, standartlashtirish, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish sohalarida ishlarni tashkil etish, rivojlantirish va jahon mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va shu kabi masalalar. Buning uchun eng avvalo ushbu sohalarda amalga oshiriladigan ishlarning qonuniy asosi – poydevori yaratilishi talab etilardi.
1993 yil 28 dekabr mamlakatimiz tarixidagi muhim sanalardan biri hisoblanadi, chunki aynan ushbu sanada mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan uchta qonun birdaniga qabul qilindi. Bu qonunlar – «Metrologiya tо‘g‘risida», «Standartlashtirish tо‘g‘risida» va «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tо‘g‘risida»gi qonunlar edi. Bu qonunlarning qabul qilinishi va hayotga tadbiq etilishi mamlakatimizda metrologiya, standartlashtirish va sertifkatlashtirish sohalarida rivojlanishning yangi sahifasini ochib berdi.

Yüklə 154,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin