1-Amaliy mashg‘ulot “Metrologiya to‘g‘risida” gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi, “Mahsulot va xizmatlarini sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zR qonuni bo‘yicha tushunchalar berish


). Metr - bu yorug‘lik . . . vaqt oralig‘ida vakuumda bosib o‘tadigan



Yüklə 154,48 Kb.
səhifə6/8
tarix06.06.2023
ölçüsü154,48 Kb.
#126015
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg\'ulot

6). Metr - bu yorug‘lik . . . vaqt oralig‘ida vakuumda bosib o‘tadigan masofa.
A) 1/299792458 s
B) 1/309792458 s
C) 1/250792450 s
D) 1/300 000 000 s

7). Amper - bu vakuumda bir-biridan 1 m oraliqda joylashgan, cheksiz uzun, o‘ta kichik dumaloq ko‘ndalang kesimli ikki parallel tо‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichlardan tok о‘tganda o‘tkazgichning har 1m uzunligida . . . ga teng o‘zaro ta’sir kuchini hosil qila oladigan o‘zgarmas tok kuchi.


A) 20·10-7 N
B) 2·10-7 N
C) 1,2·10-7 N
D) 4·10-7 N


8) Qaysi javobda birliklar belgilarini yozish qoidalariga to‘liq rioya etilgan?
A) 100 kW; 20 °С; 80 %; 20°15′;
B) 100kW; 20 °С; 80%; 20 ° 15 ′;
C) 100 kW; 20 °С; 80 %; 100,0 ± 0,1 kg
D) 20°С; 80%; (100,0 ± 0,1) kg; 5°45'28",8

STANDARTLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” GI QONUN


Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni bilan tanishish, qonunning mazmuni va ahamiyatini o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar
«Standartlashtirish tо‘g‘risida»gi qonun 28 dekabr 1993 yilda qabul qilingan bo‘lib, u 4 ta bо‘lim va ularning tarkibiga kiruvchi 12-moddadan tashkil topgan.
Qonunning 1-moddasi standartlashtirishning asosiy maqsadlarini belgilab beradi. Unga kо‘ra standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
- mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
- mahsulotlarning о‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;
- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xо‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
- barcha turdagi resurslar tejalishiga kо‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilashdan;
- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;
- tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xо‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;
- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati tо‘g‘risida tо‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
- mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;
- о‘lchovlarning yagona birlikda bо‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
2-moddada standartlashtirish davlat tizimi, Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashning «О‘zstandart» agentligi va tegishli vazirliklar hamda qо‘mitalar tomonidan amalga oshrilishi bayon etilgan.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari о‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni, shuningdek ushbu Qonunni qо‘llashga doir yо‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar (2-modda).
Qonunning II-bо‘limi «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar» deb nomlangan. Bu bо‘limda standartlashtirish sohasida qо‘llaniladigan normativ hujjatlar, ularning toifalari va ularga qо‘yiladigan talablar hamda ushbu hujjatlarning sertfikatlashtirish sohasida qо‘llanilishi haqida sо‘z yuritiladi.
III-bо‘lim «Standartlar ustidan davlat nazorati» deb nomlangan va unga 8, 9 va 10-moddalar kiradi. Davlat nazorati organlari va obyektlari 8-moddada kо‘rsatib berilgan. Ushbu moddada «Xо‘jalik faoliyati subyektlari standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan davlat nazoratini "О‘zdavstandart" agentligi", "Davarxitektkurilish" qо‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakil qilingan davlat boshqaruv organlari о‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar» deb ta’kidlab о‘tilgan.
Qonunning 9-moddasida standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini davlat inspektorlari amalga oshirishi va ularning vakolatlari belgilab berilgan.
Shuningdek qonunda standartlashtirish ishlarining moliyaviy ta’minoti kim tomonidan va qanday tartibda amalga oshirilishi ham kо‘rsatib о‘tilgan.



Yüklə 154,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin