1-Amaliy mashg‘ulot “Metrologiya to‘g‘risida” gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi, “Mahsulot va xizmatlarini sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zR qonuni bo‘yicha tushunchalar berish



Yüklə 154,48 Kb.
səhifə2/8
tarix06.06.2023
ölçüsü154,48 Kb.
#126015
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy mashg\'ulot

«Metrologiya tо‘g‘risida»gi qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishini va metrologik ta’minot masalalarini hal etishni mutlaqo yangi bosqichga olib kirdi.
“Metrologiya tо‘g‘risida”gi qonun 5 bо‘limdan iborat bо‘lib, bu bо‘limlar 21 moddani о‘z ichiga olgan. Qonunda Respublikamizda metrologiya xizmatini yо‘lga qо‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bо‘yicha keng ma’lumotlar berilgan. Hozirgacha ushbu qonunga ikki marta (2000 va 2003 yillarda) о‘zgartirish kiritilgan.
Qonunning 4-moddasida «Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bо‘yicha milliy organ - «О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi» (О‘zstandart Agentligi) amalga oshiradi» deb belgilab quyilgan va uning vakolatlari kо‘rsatib berilgan. «О‘zstandart» agentligining qonunda belgilangan vakolatlariga: mamlakatimizda metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash; mamlakatda davlat metrologiya tekshiruvi va nazoartini amalga oshirish; metrologiya masalalari bо‘yicha meyoriy hujjatlarni qabul qilish; metrologiya masalalari bо‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish kabilar kiradi.
«О‘zstandart» agentligi о‘z vakolatlaridan kelib chiqib, mamalakatimizda metrologiya sohasini rivojlantirish borasida kо‘plab ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Misol tariqasida, mamlakatimizda «Metrologiya xizmatlari kо‘rsatish markazi», «Milliy etalonlar markazi», «Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi», metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI), "Etalon" О‘zICHB, "Standartlar" dо‘koni, «Axborot-ma’lumotnoma markazi», har bir viloyatda sinov va sertifikatlashtirish markazlari va boshqalarning tashkil etilganligini aytib о‘tish mumkin.
О‘zbekiston Respublikasi milliy etalonlar markazi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.96 yildagi 53-son Qarori asosida О‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qoshidagi О‘zdavstandartning 22 noyabr 2001 yildagi 388-sonli buyrug‘i bilan tuzilgan bо‘lib, hozirgi paytda ushbu markazda mamlakatimizning milliy boshlang‘ich etalonlari hosil qilinadi va saqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi milliy etalonlari markazi fizikaviy kattaliklar birligini tiklash va saqlash hamda ularning o‘lchamlarini namunaviy va ishchi o‘lchash vositalarga aniq uzatish bo‘yicha ilmiy tadqiqot, amaliy, tashkiliy va uslubiy ishlarni olib boruvchi tashkilotdir.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoatida va boshqa sohalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va kо‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biridir. Bu masalaning yechimi amalga oshiriladigan о‘lchashlarning aniqligiga ham bog‘liqdir. О‘lchashlarning aniqligi esa о‘z navbatida о‘lchash vositalari va asboblariga bog‘liq. Har qanday о‘lchash vositasi va о‘lchash asboblari davlat sinovlaridan о‘tkaziladi, bu ishni esa «О‘zstandart» agentligi amalga oshiradi.

1-rasm. O‘zstandart agentligi rasmiy belgisi.

Bundan tashqari “О‘zstandart” agentligi о‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash va davlat rо‘yxatiga kiritish ishlarini ham amalga oshirishi qonunda belgilab qо‘yilgan (16-modda). Tekshiruvdan о‘tkazilishi lozim bо‘lgan о‘lchov vositalari turkumlarining rо‘yxati «О‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanishi qonunning 17-moddasida kо‘rsatilgan.


Qonunda yana bir masala-davlat rо‘yxati belgisini qо‘yish tо‘g‘risida ham bayon etilgan bо‘lib, unda aytilishicha, tasdiqlangan о‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat rо‘yxati belgisini qо‘yishi shart.
Qonunning V-bо‘limi «Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash» deb nomlangan bо‘lib (bо‘limga 20-21 moddalar kiradi), unda metrologiya sohasida amalga oshiriladigan ishlarning moliyaviy ta’minoti kim tomonidan va qanday tartibda amalga oshirilishi haqida gap boradi.



Yüklə 154,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin