1-Amaliy mashg`ulot: Turli modellar tuzishga doir misollar.
Ishning maqsadi: Talabalarga Turli modellar tuzishga doir
misollar yechish asosiy
tushunchalarini o`rgatish
1.Model va modellashtirish. Model turlari.
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar
tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - planetariy
ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Modellashtirish
- bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning
modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va
hodisalarning modellarini
yasash va o`rganishdir.
Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. Bular
abstrakt, fizik
va
biologik
guruhlar.
Abstrakt modellar qatoriga. matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi
modellar kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va
qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.
1. Modellarning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
1.
Fizik model
. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl
nusxadagidek, ammo undan miqdor (o`lchami, tezligi, ko`lami) jixatidan farq
qiladigan
modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd, GES va
boshqalarning modellari fizik modelga misol bo`ladi.
2.
Matematik modellar
tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi,
vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat
bo`lib, tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba
yo`li bilan tekshirib ko`riladi.
Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o`rganish
tekshirilayotgan biologik jarayonning o`zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini
beradi. Shuni ta`kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo`li bilan tashkil qilish
va o`tkazish ba`zan juda qiyin kechadi. Matematik
va matematik-mantiqiy
modelning yaratilishi, takomillashishi va ulardan foydalanish matematik hamda
nazariy biologiyaning rivojlanishiga qulay sharoit tug`diradi.
3.
Biologik model
turli tirik ob`ektlar va ularning qismlari - molekula, hujayra,
organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksia va jarayonlarni modellashda
qo`llaniladi. Biologiyada, asosan, uch xil modeldan foydalaniladi.
Ular biologik,
fizik va matematik modellardir.
Biologik model - odam va hayvonlarda uchraydigan ma`lum bir holat yoki
kasallikni laboratoriyada hayvonlarda sinab ko`rish imkonini beradi. Bunda shu
holat yoki kasallikning kelib chiqish mexanizmi,
kechishi, oqibati kabilar tajriba
asosida o`rganiladi. Biologik modelda har xil usullar: genetik apparatga ta`sir qilish,
mikroblar yuqtirish, ba`zi organlarni olib tashlash yoki ular faoliyati mahsuli bo`lgan
garmonlarni kiritish va bosha usullar qo`llaniladi. Bunday modellarda genetika,
fiziologiya, farmokologiya sohasidagi bilimlar tadqiq qilinadi.
4.
Fizik-kimyoviy
modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik
yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
5.
Iqtisodiy modellar
taxminan XVIII asrdan qo`llanila boshlandi.
F.Kene
ning "Iqtisodiy jadvallar"ida birinchi marta butun
ijtimoiy takror ishlab
chiqdrish jarayonining shakllanishini ko`rsatishga harakat qilingan.
Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo`nalishlarini o`rganish uchun har xil
modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq
xo`jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko`rsatkichlar, jumladan,
milliy daromad, ish bilan bandlik, iste`mol, jamg`armalar, investitsiya
ko`rsatkichlarining dinamikasi
va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish
uchun katta iqtisodiy modellar qo`llaniladi. Aniq xo`jalik vaziyatlarini tekshirishda
kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan,
matematik modellardan foydalaniladi.
1