1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: MATLAB tizimining imkoniyatlari
Ishdan maqsad: MATLAB tizimining imkoniyatlari bilan tanishish.
MATLAB vaqt sinovidan o’tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu narsa tizimning nomi — MATrix LABoratory-matritsaviy laboratoriyada o’z aksini topgan.
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob’ektlarni modellashda keng qo’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob’ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo’lib hisoblanadi. Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan komp’yuterda modellash tizimiga aylandi. Umuman olganda, MATLAB matematikaning rivojlanishi davomida to’plangan matematik hisoblashlar bo’yicha tajribani o’zida mujassamlashtirgan va uni grafik vizuallash va animatsiya vositalari bilan uyg’unlashtirilgan. MATLAB tizimi ilova qilinadigan katta hajmdagi hujjatlar bilan birgalikda EHMni matematik ta’minlash bo’yicha ko’p tomli ma’lumotnoma (bildirgich, spravochnik) vazifasini bajarishi mumkin.
MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chiqqan va 70-yillarda undan katta EHMlarda keng foydalanilgan. MathWorks Inc firmasining mutaxassisi Djon Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh klassidagi komp’yuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar bo’yicha jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. Hozirgi vaqtda tizimning eng yangi versiyasiyalari MATLAB-6 va MATLAB-7 mavjud.
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo’lgan va imkoniyatlari keng modellash vositalari bilan ta’minlashdir. MATLABning imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin.
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
matematik hisoblashlar;
algoritmlarni yaratish;
modellash;
ma’lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish;
ilmiy va injenerlik grafikasi;