MATLABni ishga tushirish va dialog rejimida ishlash
MATLABni ishga tushirish uchun ishchi stolning pastki chap burchagida joylashgan Pusk (Start) tugmasi bosiladi va MATLABning o’rnatilgan versiyasi tanlanadi (1-rasm).
1-rasm. MATLABni ishga tushirish
MATLAB ishga tushgandan keyin ekranda uning asosiy oynasi paydo bo’ladi (1-rasm) va u komandalar (buyruqlar) rejimida ishlashga tayyor holga keladi. Odatda bu oyna to’liq ochilmaydi va ekranning faqat bir qismini egallaydi. Ustki o’ng burchagida joylashgan uchta tugmadan o’rtadagisini bosish yo’li bilan oynani to’liq ochish mumkin. CHapdagi tugma bosilganda oyna yopiladi, o’ngdagi tugma bosilganda esa MATLABning ishlashi to’xtatiladi.
rasm. MATLAB oynasining ishga tushirilgandan va oddiy hisoblar bajarilgandan keyingi ko’rinishi
MATLAB bilan ishlash seansini sessiya (session) deb atash qabul qilingan. Sessiya, mohiyati jihatidan, foydalanuvchining MATLAB tizimi bilan ishlashini aks ettiruvchi joriy hujjat bo’lib hisoblanadi. Unda kiritish, chiqarish satrlari va xatolar to’g’risida axborot bo’ladi. Xotiraning ishchi sohasida joylashgan sessiyaga kiruvchi o’zgaruvchilar va funktsiyalarning tavsiflarini (sessiyani emas) .mat formatli fayl shaklida diskka Save (Saqlash) buyrug’i yordamida yozib olish mumkin. Load (Yuklash) buyrug’i yordamida ma’lumotlar diskdan ishchi sohaga yuklanadi. Sessiyaning fragmentlarini Diary (Kundalik) buyrug’i yordamida kundalik shaklida rasmiylashtirish mumkin.
Tizim bilan to’g’ridan – to’g’ri hisoblashlar rejimida ishlash, dialog xarakterda bo’lib “savol berildi, javob olindi” tarzida kechadi. Foydalanuvchi buyruqlar satrida klaviatura yordamida hisoblanadigan ifodani teradi, agar zarur bo’lsa uni tahrirlaydi va ENTER klavishasini bosish bilan kiritishni tugallaydi (2-rasm).
rasm. Tizim bilan to’g’ridan – to’g’ri hisoblashlar rejimida ishlash
Misol uchun yuqoridagi rasmda 2+3 ifodani va sin(I) ni hisoblash keltirilgan.
Bunday sodda misollardan ham quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun » simvolidan foydalaniladi;
ma’lumotlar oddiy matn tahrirlagichi yordamida kiritiladi;
ifodani hisoblash natijalarini chiqarishni blokirovka qilish (vaqtincha to’xtatib turish) uchun undan keyin ; belgisini (nuqta vergul) qo’yish kerak;
agar hisoblash natijalari uchun o’zgaruvchi ko’rsatilmagan bo’lsa MATLABning o’zi ans o’zgaruvchisini tayinlaydi;
o’zlashtirish belgisi sifatida matematiklar uchun odatiy bo’lgan tenglik belgisi = ishlatiladi ( ko’pgina boshqa dasturlash tillari va matematik tizimlarda qabul qilingan tarkibiy belgi := emas);
chiqarish satrlarida » belgisi bo’lmaydi;
biriktirilgan funktsiyalar (masalan, sin) kichik harflar bilan yoziladi, ularning argumentlari yumaloq qavs ichida ko’rsatiladi;
dialog «savol berildi, javob olindi» tarzida kechadi;
Ayrim hollarda tartibga solingan sonlar ketma-ketliklarini formatlash talab qilinadi. Bunday ketma-ketliklar vektorlarni yoki grafiklarni qurish vaqtida abstsissalarning qiymatlarini hosil qilish uchun zarur bo’ladi. Sonlar ketma- ketliklarini formatlash uchun MATLAB tizimida : (ikki nuqta) operatori ishlatiladi:
Boshlang’ich_ qiymat : Qadam : So’nggi_ qiymat
Bunday konstruktsiya boshlang’ich qiymat bilan boshlanuvchi, berilgan qadam bilan davom etuvchi va so’nggi qiymat bilan tugallanuvchi sonlarning ortib boruvchi ketma-ketligini hosil qiladi. Agar qadam berilmagan bo’lsa, uning qiymati 1 deb qabul qilinadi. Agar boshlang’ich qiymat so’nggi qiymatdan kichik qilib olingan bo’lsa, xatolik to’g’risida xabar beriladi. Quyida ikki nuqta (:) operatorining qo’llanilishi bo’yicha misollar berilgan:
» 1:5
ans = 12345
» i=0:2:10
i = 0 2 4 6 8 10
» j=10:-2:2
j =10 8 6 4 2
» V=0:pi/2:2*pi;
» V V =
0 1.5708 3.1416 4.7124 6.2832
Dostları ilə paylaş: |