umumlashtirish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga yo’naltirilmog’i kerak bo’ladi. Bu jarayonda
o’qituvchining vazifasi ma lum muammoli vaziyatni tashkil qilar ekan, eng avvalo, o’quvchiga
qo’yilayotgan muammoni to’g’ri anglatish, unda muammoni echishga qiziqish uyg’otish zarurdir.
-
Muammoli ta'limning mohiyati o’qituvchi tomonidan o’quv mashg’ulotida
muammoli
vaziyatlarni yuzaga keltirish, muammoli savol, topshiriq va vazifalarni bajartirish
orqali yangi bilimlarni egallash bo’yicha ularning o’quv faoliyatini boshqarib borilishidir.
Muammoli o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda o’qituvchi hech qachon o’quvchilarga tayyor
javoblarni berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni egallashga yo’l ko’rsatishi,
ayrim voqea,
axborot va hodisalar misolida mustaqil ravishda uning echimi ustida ishlash ko’nikmalarini
shakllantirishga qaratishi lozim.
-
O'qituvchining faoliyati o’quv materiallarini bayon etishdan, o’quvchilarni
mavzuga qiziqtirish orqali mustaqil va ijodiy ishlashni tashkil qilish, ularning bilim, ko’nikma va
malakalarini ob'ektiv baholash va rag’batlantirib borishdan iborat bo’ladi.
-
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning zarur shartlaridan biri ta'lim jarayonida
o’qituvchi, o’quvchilarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlovchi, yo’naltiruvchi, maslahat
beruvchi, tafakkurini rivojlantirishning to’g’ri yo’llarini ko’rsatuvchi, hamkorlik qiluvchi shaxs
sanaladi. Bunga muammoli ta'lim orqali erishish eng ma'qul yo’l hisoblanadi.
-
Muammoli ta'lim mustaqil, ijodiy va faol o’zlashtirishni ta'minlash
bilan birga,
keng qamrovli fikr yuritishga, avvaliga o’zi uchun yangi bilimlarni kashf etishga va keyinchalik
ilmni, fanni rivojlantiradigan kashfiyotlar qilishga zamin hozirlaydi.
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan bo‘lsa,
uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan
chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni echishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi
va rivojlanadi.
Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha
bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo – murakkab nazariy yoki
amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning echimi turli, hatto muqobil
vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap
nimada?» degan savol tug‘iladi.
O‘quvchi noma’lum echimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi.
Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari
ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
Muammoli o‘qitishning
asosiy belgisi, bu ilmiy, o‘quv yoki barcha faoliyat turlarida
paydo bo‘ladigan zaruriy ob’ektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. Bu esa barcha
sohalarning harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi manbaidir.
SHu sababli muammoli
o‘qitishni rivojlantiruvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi – bilimlarni, farazlarni
shakllantirish, ularni ishlab chiqish va echishdan iboratdir. Muammoli o‘qitishda fikrlash
jarayoni faqat muammoli vaziyatni echish maqsadida joriy etiladi,
u nostandart masalalarni
echish uchun zarur bo‘lgan fikrlashni shakllantiradi.
Muammoli o‘qitish samaradorligining to‘rtta bosh sharti mavjud:
• muammo mazmuniga qarab etarli qiziqish uyg‘otishni ta’minlash;
• muammo echimidagi har bir bosqichda paydo bo‘ladigan ishlarni bajara olish
mumkinligini ta’minlash (ma’lum va noma’lumlar nisbatining maqbulligi);
• muammo echimida olinadigan axborotni o‘quvchilar uchun muhimligi;
• pedagog va o‘quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, ya’ni
o‘quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e’tibor va rag‘batsiz qolmasligi zarur;
Muammoli o‘qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan iborat:
• talabaning fikrlash doirasini va qobiliyatlarini o‘stirish, ijodiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish;
• muammoni mustaqil echishda va faol izlanish davrida olingan bilim va ko‘nikmalarni
talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va ko‘nikmalar an’anaviy
o‘qitishdagidan ko‘ra ancha mustahkam bo‘ladi;
• nostanart muammolarni ko‘ra oluvchi, qo‘ya oluvchi va echa oluvchi o‘quvchining
faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;
• kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish – har bir aniq faoliyatda o‘zining
xususiyatlariga ega.
Har qanday o‘quv materiali ham muammoli bayon etishga mos kelavermaydi.
O‘quvchilarga fan tarixini o‘rgatishda muammoli vaziyatlarni yaratish oson. Farazlar,
echimlar fandagi yangi ma’lumotlar takroriy bosqichidagi an’anaviy tasavvurlarning inqirozi,
muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va hokazolar muammoli bayon etish uchun mos
keluvchi mavzular hisoblanadi. Kashfiyotlar tarixi orqali izlanish mantiqini egallash –
muammoli fikrlashni shakllantirishning asosiy istiqbolli yo‘llardan biridir. O‘qitishning
an’anaviy usulidan muammoliga o‘tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan
«muammolik darajasi»ga bog‘liq bo‘ladi:
• muammoning murakkablik darajasi – mazkur muammo doirasida talaba uchun ma’lum
va noma’lumlar nisbatiga ko‘ra aniqlanadi;
• muammo echimida o‘quvchilar ijodiy ishtirokining
ham jamoaviy ham shaxsiy
hissalari hisobga olinadi.
Muammoli o‘qitishning uchta asosiy shakli mavjud:
Dostları ilə paylaş: