1-amaliy yonginni o’chirish taktikasi. Yong’inga qarshi suv ta’minoti



Yüklə 25,88 Kb.
səhifə1/3
tarix24.02.2023
ölçüsü25,88 Kb.
#85361
  1   2   3
1-amaliy


1-amaliy
YONGINNI O’CHIRISH TAKTIKASI. YONG’INGA QARSHI SUV TA’MINOTI

Odatda o‘t o‘chirish uchun ishlatiladigan suv katta bosim ostida kuchli oqimi sifatida alangalanaYotgan joyga yuboriladi. Buning uchun etarli bo‘lgan bosimni shahar sharoitlarida umumiy shahar vodoprovod tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Yoki bo‘lmasa ba’zi bir erlarda mahsus tayYorlangan hovuz va idishlardan foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ko‘pincha Yong‘in o‘chirish uchun vodoprovod sistemalarini shahar sharoitlarida ayrim o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun ichimlik suvlari vodoprovodlaridan sanoat maqsadlari va o‘t o‘chirish maqsadlarida foydalanish qabul qilinadi.


Past bosimga mo‘ljallangan vodoprovod sistemasidagi suv bosimi, hisoblangan miqdordagi suvni er yuzasidan kamida 10 m uzoqlikka otishi kerak.
YUqori bosimga mo‘ljallangan vodoprovod sistemasida esa hisoblangan miqdordagi suvni stvollar Yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10m uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalarni bajarish uchun vodoprovod baklarini etarli darajadagi balandlikka o‘rnatish bilan Yoki ayrim hollarda nasoslar Yordamida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida o‘t o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan suvning miqdori ishlab chiqarish korxonasining Yong‘in kategoriyasi va bu binoning o‘tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida Yong‘in o‘chirish uchun suvning miqdori 10 l/s dan 40 l/s belgilanadi.
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti bilan butun ishlab chiqarish korxonalari va aholisi 50 kishi bo‘lgan aholi punktlari ta’minlanishi lozim. Suv manbalari tabiiy (hovuzlar, ariqlar, darYolar va boshqa) va sun’iy bo‘lishi mumkin.
Bitta tashqi Yong‘inni o‘chirishga suv sarfi ishlab chiqarish kategoriyasi, bino va inshootlarning olovga chidamlilik darajasi va bino hajmiga bog‘liq ravishda me’Yorlangan, (17 -jadval):
1-jadval

Ishlab chiqarish
kategoriyalari

Binolarning olovga chidamlilik darajasi

Bino hajmiga bog‘liq ravishda suv sarfi (l/sek)

3000
m3 gacha

3000...
5000 m3

5000...
20000 m3

20000...
50000 m3

50000...
200000 m3

G, D
A, B, V
G, D
V
G, D
V

I va I I
I va I I
I I I
I I I
I V va V
I V va V

5
10
10
10
10
15

5
10
10
15
15
20

10
15
15
20
20
20

10
20
25
30
30
40

15
30

Tashqi va ichki Yong‘inni o‘chirishga suv sarfi (m3/soat) quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi:

bu erda - tashqi va ichki Yong‘in o‘chirishga solishtirma suv sarfi (yuqoridagi jadvaldan olinadi);
- Yong‘inning davom eti vaqti, 3 soatga teng deb olinadi, Yoki maxsus formulalardan aniqlanadi;
- bir vaqtda sodir bo‘luvchi Yong‘inlarning soni, 1...3 teng deb olinadi.

YOng‘inga qarshi suv havuzlarining hajmi 50 m3 kam bo‘lmasligi kerak. Agar aholi soni 5000 odamdan ortiq bo‘lsa 2 ta 50 m3 hajmlik havuz qilinishi kerak. Ularning chuqurligi 4 metrdan kam bo‘lmasligi, qish paytida esa ustini berkitib qo‘yiladigan qurilmasi bo‘lishi kerak.


Hovuzdagi suv hajmi zahirasi, m3:

bu erda - texnologik maqsadlarga suv sarfi, m3/soat;
- xo‘jalik maqsadlariga suv sarfi, m3/soat.

Agar vodoprovod sistemasidan Yong‘inni o‘chirish uchun suv olishi texnik tomonidan mumkin bo‘lmasa (masalan ichimlik suvni ingichka vodoprovod quvurlari orqali keltirilaYotgan bo‘lsa) unda sanoat korxonalarini territoriyasida suv saqlovchi qurilmalar tashqil qilinadi. Bundan suv saqlovchi qurilmalarning hajmi Yong‘in vaqtida undan olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga etadigan bo‘lishi kerak. YOng‘inga qarshi qurilgan vodoprovod sistemalari aylanma vodoprovod sistemasiga suv ikkita trubopprovod bilan umumiy sistemaga ulanadi. YOng‘inga qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashtirildi va ular bino devoriga va ko‘chlar kesishgan joylarga 5 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak. YOng‘inga qarshi vodoprovod har qanday sanoat korxonasida o‘rnatilishi shart. Ba’zi bir I va II darajadagi o‘tga chidamli konstruksiyalardan qurilgan binolarda G va D kategoriyasidagi sanoat korxonalari bundan mustasno. YOng‘inga qarshi vodoprovodlar binolar ichida sanoat maqsadlarida qurilgan vodoprovolar bilan birlashtirilishi mumkin. YOng‘inni ichkari tomonidan o‘chirishga mo‘ljallangan vodoprovodlarning suv miqdori ikki joydan kuchli oqim sifatida suv berilganda, har biri 2, 5 l/s suv miqdorini ta’minlay olishi kerak.


Bunda suvning bosimi suvni kamida 6m masofaga etkazib berishi kerak. YOng‘in o‘chirish englari yumshoq to‘qima materiallardan ishlangan bo‘ladi va 51 va 66 mm diametr bo‘yicha tayYorlanadi. Ularning uzunligi 10 va 20 m. Bino ichkarisida o‘rnatilgan Yong‘inga qarshi gidrantlar oralig‘i 10 Yoki 20 m li englar Yordamida Yong‘inni o‘chirish uchun kuchli suv oqimi binoning eng baland va eng uzoq nuqtasini ikkala gidrant orqali suv purkash imkoniyatini beradigan qilib o‘rnatiladi. Ichkarida o‘rnatilgan Yong‘in kranlarining balandligi pol yuzasidan 1, 35 m balandlikda o‘rnatiladi.
Korxonalarda Yonginga karshi samari kurashish maksadida ut uchirish vodoprovodlari mavjud buladi. Bu vodoprovod kupincha xujalik va ishlab chikarish vodoprovodi bilan birgalikda kullaniladi. Bu vodoprovod kuvurlariga suv kul, darYo, kanal, suv ombori, atezian kuduklari, shaxar vodoprovod tizimi va boshka manbalardan olishini mumkin. Ut uchirish uchun muljalangan suv ta’minoti manbaning turiga va ximoyalanuvchi ob’ektning xarakteriga karab vodoprovod kurilmalarining soni belgilanadi. Odatda ochik manbalardan buladigan suv ta’minoti murakkab xisoblanadi. Bu sxema uz tarkibida suv chikarish inshooti, dastlabki suv kutargich nasoslari, suv tozalash kurilmalari, toza suv saklash xavzalari, suvni ikkinchi kayta kutarish nasosi stansiyasi, suv bosimi xosil kiladigan minora (suv minorasi), kuvurlar va ut uchirish grantlari kabi kupgina kurilmalarni uz ichiga oladi. Kupgina tukimachilik korxonalarida utga karshi suv ta’minoti korxona xovlisiga kurilgan suv xovuzlaridan olinadi. Suv xovuzlarining xajmi ut uchirishning mexanik vositalarini 3 soat davomida tinimsiz ta’minlab turishga muljallanadi. Ular korxona xududdida Shunday joylashtirishtiriladiki, suv nasoslar ishlatilganda ut uchirish ichaklari uzunligi 150 m dan, avtonasoslar ishlatilganda esa 200 metrdan ortib ketmasligi kerak. Ma’lumki, suv korxona vodoprovodi tarmogi bir xilda sarf bulmaydi, suv bilan ta’minlash nasoslari esa ma’lum xajmda suv berib turadi. Korxona vodoprovod sistemasida suv sarfini rostlash uchun, xamda baland-pastligi jixatdan xar xil bulgan nuktalarda bosimini rostlab turish uchun suv minoralari kuriladi. Vodoprovod sistemasida suv sarfikam bulganda kelaYotgan ortikcha suv Shu suv minorasiga tushadi va aksincha suv sarfi ortikcha bulganda Shu minoradagi zaxira suvdan ishlatiladi.
Minoraning ishidagi suv un minutlik uzluksiz ishlatishga etadigan buladi. Xujalik extiYojlari uchun sutkali suv sarfining 20 foiz mikdorida, nasoslarni avtomatik ravishda yurgizlaganda esa 5 foiz mikdorida suv zaxirasi olinadi. Xozirgi payta bakdagi suvning satxi pasayishi bilan nasoslari avtomatik ravishda yurgizib yuborish uskunalari kullaniladi. Bunday xollarda suv minorasidagi suv xajmi 5 minutlik uzluksiz sarflashga xisoblanadi.
Suv minorasining balandligi odatda kuyidagi formula buyicha xisoblanadi:

Nm=Neb+ hc + (La+Lb), m (9.1)


Bu erda Neb - suvning vodoprovod sistemasidagi minimal erkin bosimi, m;


 hc - suv minorasidan uchastkaning oxirgacha bosimning pasayishi, m;
La+Lb - suv minorasi joylashgan va uchastka oxiridagi er yuzasining balandlik belgisi, m.



Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin