Amir Temur va Temuriylar davri epigrafikasi. Reja: I Kirish II Asosiy qism 1. Amir Temurning ilm – fan ahliga g`amxo`rligi 2. Amir Temur tarixi zamondoshlari nigohida 3. Rui Gonzales de Klavixoning” Samarqandga –Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403 – 1406yillar) asarida Amir Temur talqini III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar Amir Temur va Temuriylar davri epigrafikasi. O‘rta asrlar, ya’ni Temur va temuriylar davriga kelib epigrafik kompozitsiyalarning soni ham, sifati ham ortib bordi. Saroylar, majidlar va madrasalarning tashki va ichki bezaklarning katta qismini ana shunday kompozitsiyalar egalladi. Musavvir, xattot va ustalarga erkin ijod qilish imkoniyatlari yaratilgandan so‘ng, bu xat turlari safiga g‘ubor, rayhoniy, nash va ba’zi joylarda nasta’liq xatlari ham qo‘llanila boshlandi.
Amir Temur va temuriylar davrida ayniqsa, o‘z davrida ulkan markazlashgan daqlatning poytaxti bo‘lgan Samarqand shahrida alohida yuqori bosqichga ko‘tarilgan. Aynan poytaxt maqomi musulmon olamining, asosan, o‘sha davrlardagi Xorazm, Buxoro, Kesh (Shahrisabz), Eron va Xurosonning mohir ustalarini o‘ziga jalb etgan. Turli joylardan kelgan ustalar o‘z san’atlarini namoyish etishgan. Binokorlikning misli ko‘rilmagan ko‘lami me’moriy epigrafikaning ham benazir taraqqiyotiga sabab bo‘lgan. Chunonchi Shohi Zinda me’moriy majmuasi Temur va temuriylar davridagi epigrafika va naqqoshlik san’ati taraqqiyotining yorqin namunasi hisoblanadi. Aynan shu davrda marmartoshga o‘yib yozish (sangtaroshlik) san’ati namunalarida namoyon bo‘lgan Samarqand epigrafikasi maktabiga asos solingan.
Amir Temur davrida qurilgan me’moriy obidalarning ko‘rinishi mazmuniga shu qadar katta ahamiyat qaratilganki, ularning har biri katta san’at asari bo‘lib, ko‘rgan kishining e’tibori va havasini o‘ziga tortmasdan qolmaydi. Ulug‘ bobosidagi xislatlar Mirzo Ulug‘bekka ham ko‘chib, uning qurdirgan Samarqanddagi madrasasi o‘zida uning samoviy qiziqishlarini aks ettiradi.
Samarqand epigrafikasining yana bir o‘ziga xos jihati, bu binolardagi ajib so‘zlar bitilgan kitobalaridir. Dastlab obidalardagi bitiklar imoratniing bosh bezaklaridan biri hisoblanib, diniy-axloqiy hamda estetik ahamiyatga ega bo‘lgan. Bitiklarda, obida qurilishi haqidagi ma’lumotlar, nasihat so‘zlari, ilohiy kitoblardan parchalar va mashhur adiblarning she’rlaridan parchalar keltirilgan. Demak, obidalar o‘sha davr kishilari, qaysidir ma’noda shu binolarda yashaganlarning axloqiy-ma’naviy qarashlarini zamon talablariga mos holda ifoda etgan.
Samarqand me’moriy yodgorliklari o‘zining rang-barang koshinlari, betakror bezaklari, naqshlari, ulkan gumbazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob yodgorliklaridan bo‘lib, asrlar davomida insonlar ongi va qalbida madaniyat, ilm-ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltiruvchi, tarbiyalovchi beshik vazifasini o‘tab kelgan.
Shohi Zinda Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl bo‘lib, ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi, xalq orasida Shohi Zinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Dastavval, bu erda faqatgina XI asrning 2-yarmida Samarqanddagi ilk qoraxoniylar davrida qurilgan «tirik shoh»ning maqbarasi bor edi. Bu joyga ilgari ham, tub aholi ziyoratlar uyushtirishgan. Keyinchalik xuddi shu erga 1066-yili Tamg‘ach Bo‘g‘roxon madrasasi qurilgan va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga kelgan. XI–XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshlagan. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshootlarining g‘arb tomonidagi yo‘lakdan qazib topganlar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. O‘sha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan. Ba’zi dahmalar, XI–XII asrlarga oid maqbaralarning xarobalari ustiga quriladi. XV asr boshlarida binolar Xo‘ja Ahmad maqbarasidan Hazrati Xizr masjidiga boradigan yo‘l bo‘ylab quriladi. Temur davri me’morchiligi, bezak berishning yangi texnikalari bilan ya’ni, qirqma koshinlar bilan yanada boyitilgan. Maqbaralar ikkitadan, tashqi va ichki gumbazli, baland silindr barabanli kilib quriladigan bo‘ldi.
Ansambl bir-biri bilan yo‘lak orqali bog‘langan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulug‘bekning o‘g‘li nomidan qurdirgan Abdulaziz chortog‘i (1434–1435), unga shimolidan Davlat qushbegi madrasasi (1812-1813) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. XV asrda tik zinapoya (37ta) o‘rtalig‘ining chap tomonida ziyoratxona va go‘rxonadan iborat qo‘shgumbazli maqbara joylashgan.
Shohi Zinda me’moriy majmuasiga Asosiy kirish eshigining tepasida suls xatida tarix bitilgan. V.A. Shishkin maqolasi asosida aksariyat yozuvlari qisman tiklangan bu xatda: Binolarning xayrlisi va ziynatlisi bo‘lgan (bu bino) tartibli holda va diqqat bilan asl ma’no ko’rinishini jamlab “… Abdulaziz Bahodir Sul(ton ibn) Sulton ... Ulug‘bek Ko‘ragon tomonidan 838/1434-1435-yili qurildi”1.
Ulug‘bek norasida o‘g‘li Abdulaziz nomidan qurdirgan bu peshtoq Shohi Zindaning qariyb to‘rt asr davomidagi shakllanish tarixiga xotima bo‘ldi. Peshtoq nafis ishlangan. Sayqal berilgan oddiy g‘isht fonida terma rangli g‘ishtlar jilvalanadi. Yozuvlar koshin-burunj (mozayika) texnikasi asosida ishlangan. Harflar oq, havorang fon ustida yoxud havorang harflar sarg‘ish rang ustida bitilgan.
Peshtoqda kufiy va suls xatlarida tiklangan yozuvda Qur’oni karimdagi “Oli Imron” surasining 3:169-oyati aks etgan. Tepasida kufiy xatida sariq harflar bilan – “Allohni poklab yod qilaman”, “Allohga maqtovlar bo‘lsin”, “Alloh – buyuk”, – kalimalari takroriy tarzda bitilgan.
Bunday kalimalar barcha islomiy madaniyat ta’sirida bo‘lgan davlatlar mafkuraviy qarashlari asosi bo‘lib kelgan. Temuriylar davridagi barcha me’moriy inshootlarda bunday yozuvlarni ko‘plab uchratamiz.
Peshtoq frizida ham kufiy bannoiy xatida “Boqiylik Allohga xos”, “Allohga maqtovlar bo‘lsin”, –kalimalari takroriy tarzda bitilgan. Kitobaning ikki yon tomonida kvadrat ichida kufiy xatida “Ey, karamli zot”, “Ey juda rahmli zot”, – kalimalari keltirilgan va Allohning go‘zal ismlari (Al-Asma al-husna) bitilgan2.
Eshik ustidagi kitobada suls xatida hadis bitilgan. Ushbu hadis Qusam ibn Abbos go‘rxonasi majmuasidagi ziyoratxona darvozasi ustida va go‘rxona panjarasida ham uchraydi. Ammo Qusam ibn Abbos vafoti sanasida xatoga yo‘l qo‘yilgan. Payg‘ambar alayhissalom: “Insonlardan tuzilishi va xulqi jihatidan menga eng o‘xshashi – Qusam ibn Abbos”3, – dedilar.
Hammaga ma’lumki, arablardan bo‘lgan Qusam – payg‘ambar alayhissalomning amakivachchalari. U kishi Samarqandda bo‘lgani uchun Samarqanddagi bu mahalla uning ismi bilan yuritilgan. U sarkarda va fotih edi. Islom dinini yoyish maqsadida bizning hududlarda targ‘ibot ishlari bilan ham shug‘ullangan. Hijriy ellik oltinchi (56/675)19-yili vafot etgan.
Shohi Zindadagi ikki gumbazli maqbara ayvonli masjid shimoliy tomonida Afrosiyob qal’asining devor etagidan boshlanib qurilgan ulkan zina yonida. Ba’zi olimlarning taxminiga ko’ra, Mirzo Ulug‘bekning ustozi va safdoshi, taniqli munajjim Qozizoda Rumiy mozori ustiga XV asrda qurilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida tarqalgan rivoyatlarga ko‘ra, bu erda Amir Temurni o‘z suti bilan boqqan enagasi O‘ljaxotun va uning qizi Bibi Senab dafn etilgan. Maqbara ikki xonadan, ya’ni ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Unga janub tomondagi peshtoqdan kirilgan. Ziyoratxona binosining devorlari – ravoqli. Ular baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz toqi darchalaridan yorug‘ tushib turadigan devorlarda oq fonga ishlangan ko‘k rangli naqshlar qisman saqlanib qolgan. Sirli bezaklar bilan yo‘l-yo‘l qilib ishlangan olti qirrali sopol plitalardan iborat panellar qadimgi qoldiqlarga qarab ta’mirlandi. Ziyoratxona bilan bir qatorda bo‘lgan kichkina go‘rxona ichida sag‘ana mavjud. Go‘rxonaning g‘oyat baland gumbazi murakkab naqshli muqarnaslar bilan bezatilgan. Bu maqbara shakli va bezalishi jihatidan Shohi Zindaning kichik shinam maqbaralaridangina emas, balki boshqa mashhur me’moriy yodgorliklaridan ham alohida ajralib turadi. Bu maqbara Samarqandda Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasining ulug‘vor gumbazlari qad ko‘targanidan keyin qurilgan. Lekin bu inshootlarning hech birida Qozizoda Rumiy maqbarasidagidek baland gumbaz yo‘q. Bu yodgorlik tepalikning yon bag‘rida qad rostlagan. Biroq u shunday tarh bilan bunyod etilganki, ziyoratxonaning yuksak gumbazi shahar devorining eng baland eridagi maqbaralar gumbazlari bilan bir chiziqda turadi.
V.A.Shishkin arxiv fotosuratiga tayanib, o‘z maqolasida o‘sha davrda qisman saqlangan arab tilida bitilgan tarixiy yozuvni keltiradi. Yozuv hozirgacha saqlanmagan janubiy peshtoqning ravog‘ida temuriylar davriga xos bo‘lgan suls xatida bitilgan edi. ”… Shariat va imon himoyachisi, sultonning peshqadami4 … Haqiqiy … do‘st …”5.
Ushbu bitikdan xulosa shuki bu joyda huquqiy tartiblar himoyachisi, maslahat bobida ulug‘ inson ko‘milgan Shohi Zinda ansambilidagi Amirzoda maqbarasi (XIV asr) Tug‘lu Tekin maqbarasining ro‘parasida joylashgan. U maqbaralarning o‘rta majmuasini boshlab beradi. Bu maqbarada dafn etilgan shaxsning asl ismi ma’lum emas. Binoning peshtoqida faqat: “Ushbu binosi baland, qo‘rg‘oni mustahkam imoratni barpo qilishga ulug‘ va muhtaram amir ko‘rsatma berdi.
... hijriy 788/1386-yilning Alloh muborak etgan shavvol oyi (2–30 noyabr).” vafot etgani qayd qilingan. Peshtoq ravoqlarida ko‘k fonda oq harflar bilan tarixiy matnlar bitilgan. Ammo ularning bir qismigina chap ustunning pastida saqlanib qolgan.
Shu yozuvning tepasida اكلمل لله – “Mulk – Allohniki”, – kalimasi kufiy xatida takroriy tarzda keltirilgan. Harflar sariq rangda aks ettirilgan. Ko‘rinib turganidek barcha peshtoq yozuvlarining faqat tepa qismida Alloh nomi tilga olingan. Bu erda yuqorida tilga olganimizdek nafaqat mulk balki, hokimiyat, mol-davlat nazarga tutilmoqda.
Shohi Zinda me’moriy majmuasining yo’lagidagi chortoqning sharq tomonida bu erdagi inshootlarning o‘rta guruhiga oid Tug‘lu Tekin maqbarasi mavjud. Bu erda Amir Temur sarkardalaridan biri Amir Husaynning onasi Tug‘lu Tekin dafn etilgan.
V.A.Shishkin maqolasi asosida peshtoqdagi yozuv bino 1376 (hijriy 777)-yili qurilganligi tiklangan. Unda: “Uning uyi, Amir Xojamning qizi Tug‘lu Tekin. U (Tug‘lu Tekin)ning o‘g‘li va ko‘zining qorachig‘i, saodatli shahid Amir Husayn ibn Qaroqutlug‘. Alloh uning jannatdagi joyini (Kavsar) suvidan serob aylasin. U (Amir Husayn) etti yuz etmish ettinchi-yilning zulqa’da (1376-yil, mart-aprel) oyida shahid bo‘ldi”6.
Bu yozuv nafaqat bu erda dafn etilgan kishi haqida, balkim shu davrda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqeadan ham darak bermoqda. Shahid (arab. guvoh) — 1) islomda din yo‘lida halok bo‘lgan shaxs. Hadislarda aytilishicha, o‘z obro‘si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahdu oilasining himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lganlar ham shahiddir. Boshqa bir hadisda vabodan, ichki xastalik bilan, g‘arq bo‘lib, tom bosib o‘lganlarni shahid hukmida o‘lganlar deyiladi. Shahidlar dafn etilishidan oldin yuvilmaydi. O‘zini o‘zi portlatish, o‘ziga o‘zi o‘t qo‘yish, o‘zini o‘zi boshqa usullarda o‘ldirish shahid hukmida bo‘lmaydi. Qur’onda «o‘zlaringizni (bir-biringizni) o‘ldirmang!» (Niso surasi, 29-oyat) deb, o‘zini o‘zi o‘ldirish shariatda yo‘q ekanligi bildirilgan.
Shu bilan birga Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan, jonini fido qilgan odam ham shahid hisoblanadi.
Yozuvning oxirida kitoba ichida hadis bitilgan: “Dunyo – oxirat ko‘prigi”. Ya’ni, bu yerda qilgan qilmishga qarab insoniyatning hisobi olinishiga sha’ma bo‘lsa kerak.
O‘ziga xos me’moriy echimga ega va epigrafik bezaklarga boy bo‘lgan majmualardan biri bu Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinayotgan me’moriy yodgorlikdir. Dunyo ahli biladiki, bu maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugbek Mirzo dafn etilgan. Amir Temur maqbarasi O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi. Bu bino, dastlab 1401-yili Amir Temurning nevarasi va vorisi Muhammad Sultonning buyrug‘i bilan madrasa sifatida asos topgan edi. Ammo tarixiy adabiyotlardan ma’lumki 1403-yili Muhammad Sulton Kichik Osiyo sohillariga qilgan uzoq safaridan qaytib kelayotganda to‘satdan kasal bo‘lib, vafot etadi. Shu munosabat bilan madrasa qayta qurilib, uning jasadi shu erga qo‘yilgan. Amir Temur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy bu binoni: “Osmon kabi baland gumbaz, devorlarining pastki qismi zarhal va lojuvard bilan bezatilgan marmar toshdan qilingan”, - deb ta’riflaydi. 1405-yilda Amir Temurning o‘zi ham shu erga dafn etilgan. Shohrux Mirzo buyrug‘i bilan Mirzo Ulug‘bek davrida go‘rxona binosi tugallangan hamda Amir Temur va temuriylar xilxonasiga aylantirilgan. Dastlab maqbaraga shimoliy eshikdan kirilgan. Mirzo Ulug‘bek tomonidan sharqiy eshik 1425-yilda ochilgan, chunki Mir Sayyid Barakaning bosh tomonlaridan kirishni Mirzo Ulug‘bek hurmatsizlik deb hisoblagan.
Amir Temur maqbarasi kirish peshtoqida ham yozuvlarni uchratamiz.
Mirzo Ulug‘bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: «Bu shavkatli Amir Temurning qabri...» deb yozilgan koshinli lavha bo‘lgan (bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi). Maqbaraga qator gumbazli galereyadan o‘tib kiriladi.
Maqbara kirish peshtoqining tepa qismi kitobasida kufiy xatida Rasululloh (s.a.v.)ning hadislari yozilgan. (Payg‘ambar) alayhissalom: “Beshikdan qabrgacha ilm izlang”, – dedilar7.
Bunday mazmundagi da’vatlarni Samarqandning boshqa me’moriy obidalari peshtoq yozuvlariga ham uchratishimiz mumkin. Ilm olgan kishi hayotda og‘ir damlarida ham o‘zligini yo‘qotmaydi. Yunon faylasufi Suqrotning delfiya ibodatxonasidagi o‘gitida ham “O‘z-o‘zingni anglagin va bilgin” degan o‘gitini ko‘plab shaxslar o‘ziga shior etganlar. Inson o‘zligini bilishi uchun avvalambor ilmli bo‘lishi lozim. Chunki ilm chashm gavhari hisoblanib sharq donishmandlarining asosiy qarashlarida aksini topgan.
Maqbara peshtoqida suls xatida oq rangda Qur’oni karimdagi “Oli imron” surasining 3:104-oyati bitilgan. Unda Alloh taborak va taolo dedi:
“104. Sizlardan yaxshilikka da’vat etadigan, amri ma’ruf vanahiy ishlarini olib boradigan bir ummat bo‘lsin. Aynan o‘shalar najot topguvchilardir. Buyuk Alloh to‘g‘ri so‘zlaguvchidir”. Musulmon olamida barchaga ma’lumki, namozdan so‘ng amri ma’ruf qilinadi. Bu an’anaviy tadbirga aylangan. Unda namozga yig‘ilganlar orqali boshqa jamoa vakillariga ham pand-nasihatlar qilinib, barchani insof, diyonat, or-nomus, ona Vatanga hurmat kabilarga da’vat etiladi. Shuningdek amri ma’ruf asosida razilat, zulm hamda yomon ishlar botqog‘idan insoniyatni qaytarib, ularning amallarini to‘g‘rilikka yo‘naltiradilar.
Go‘ri Amir maqbarasi peshtoq yozuvlarida asosiy e’tibor Nafs va dimog‘balandlik, kibru-havodan saqlanishga qaratilgan. Chunki u insoniyatni jaholatga boshlashi mumkinligi ta’kidlangan. Qay payt bo‘lishidan qat’iy nazar insoniyatni bu yo‘ldan qaytib tavba qilishi kerakligiga da’vat etilgani turmush falsafasi talqin etilganiga yorqin dalildir. Shuni ta’kidlash lozimki maqbara devor va peshtoqlarida Qur’oni karimning “Mulk” surasidan o‘gitlar keltirilib, Alloh barchaga bu dunyoda aqlni ishlatib ish yuritishni, do‘zaxiylar ichida bo‘lmaslikka da’vat etganligi ta’kidlanganligida ham jamiyatda shaxsning adolat mezonlariga rioya qilishga chaqirgan.
O‘rta asrlar me’moriy inshootlarida turli shakl va uslubdagi yozuvlarga duch kelar ekanmiz, asosan Jome masjidi yozuvlarida kishilarni iymon-e’tiqodli bo‘lishga da’vat etilganini ko‘ramiz. Misol, uchun Bibixonim jome masjidi kirish eshigida – “bu dunyo bir lahzadir. Uni toat-ibodat bilan o‘tkaz” iborasida adolatga ham chaqirilayotganining guvohi bo‘lamiz.
Masjidning sharqiy tomonidagi panjara ustidagi “Ilm o‘rganish – har bir muslimga farz”, kelajak avlod uchun hayot maktabi vazifasini ham o‘tashi aniq. Xattotlar yozuvni yodgorlik bezagiga aylantirishga intilgan.
Tarixdan bizga ma’lumki XV asr barcha me’moriy obidalarida Alloh, uning rasuli Muhammad madh etilib borilgan. Bu bitiklarni Mirzo Ulug‘bek madrasasi kirish peshtoqining ichki ravoq kitobasi tepa qismida ham kuzatishimiz mumkin. Misol, kufiy xatidagi – “Buyuklik Xudoga xos”, “Kuch-qudrat Xudonikidir”, – kalimalari, pastida suls xatida bitilgan: “Yolg‘iz Allohdan o‘zga Iloh yo‘q, uning sherigi yo‘q. Butun mulk va hamd U uchundir. U zot tiriltiradi (hayot beradi) va o‘ldiradi, va u zot doimiy tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik uning qo‘lidadir va u har bir narsaga qodirdir8”. – “Tavhid” kalimalarida bunga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Madrasa peshtoqidagi katta kufiy harflar bilan bitilgan yozuvdan: “Bu er u bilan bezalgan va ko‘k uning uchun egilgan binodir. ...Baland bino osmondadir. Uning qurilishini ... (?) siyosat va hukmda eng yaxshisi, saltanat va millatni jam qilgan .. Alloh uning Yer yuzidagi xalifaligi va asarlarini abadiy aylasin! Uning baxtli bobosi ... (?) sakkiz yuz yigirma uchinchi -yillarda (1420)...- qurib bitkazilgan hijriy sanasi binoning tarixiy davri haqida bizga ma’lumot beradi.
Xulosa Ko’ksaroy qasri va undagi podshoga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi ustaxona haqida : “ Shahar chetida bir qasr bo’lib … tevarak atrofi suv oqib turgan xandak bilan o’ralgan , qasr yo’l ab bo’lmaydigan istehkomga aylangan edi. Qasrda podshoning xazinasi saqlanar, shu sababdan qoziyu quzzot va uning mulozimlaridan boshqa hech kim kirolmas edi . Bu yerga podshoning farmoyishiga binoan ,bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgan . Ular saltanat uchun yil bo’yi sovut , dubulg’a , kamon , nayza yasaydilar”.
Amir Temurning o’zi bilan olib yuradigan ko’chma masjidi : “ Elchilarni … saroparda ichida o’rnatilgan yog’och uy oldiga boshlab kirdilar . Bu yuksak imoratga zinopaya orqali chiqiladi . Uning tevarak – atrofi yog’och dahliz va oynavand ayvon bilan o’ralgan edi . Boshdan – oyoq zarhal va havorang bo’yoqlar bilan naqshlangan , bino shunday qurilgan ediki , kerak bo’lganda , uni bo’lak – bo’laklarga ajratib taxlab qo’ysa (ham)”bo’ladi .Bu – podsho ibodat qiladigan machit bo’lib, uni (Amir Temur)safarda o’zi bilan birga olib yurgan .
Mahalliy xalqning ( uni Klavixo “ Chig’atoyilar ” deb ataydi – M.S.) turmush tarzi haqida : “ U – mehnatsevar , mohir chavandoz , kamon otuvchi mergan , umuman urushda sabot – matonatli xalq . U boriga qanoat qilib , nonsiz (birgina) sut va go’sht bilan kun kechiraveradigan , go’shtlik va go’shtsiz ovqat bilan ham tirikchilik qilishga o’rgangan xalq . Issiq va sovuqda , ochlik va tashnalikka jahondagi boshqa ellardan sabotliroq va chidamliroq xalq . Borida go’shtni haddan ortiq istemol qiladi , yo’g’ida suvga qatiq qo’shib qaynatib ichish bilan kifoyatlanadi”