1.2. Og`zaki hisoblash mashg`ulotlarining turlari.
Og`zaki hisobni ikki turga bo`lish mumkin. Birinchi turdagi hisob. Bunda hisoblovchi hech narsa yozmaydi va hech bir qurol yoki asbobdan foydalanmaydi – berilgan sonlarni eshitish bilan zehnga oladi:
Bu sof eshitish mashqidir. Ikkinchi turi – jadvallar yordami bilan og`zaki hisob. Bunda berilgan sonlar eshitish va ko`rish bilan yoki faqat ko`rish bilan zehnga olinadi. Bu hildagi og`zaki hisobga yozuv plakatlar, sanoq figuralari, jadvallar va boshqa ko`rgazmali qurollardan foydalaniladi. Bu – ko`rish – eshitish mashqlaridir.
Maktabda o`qitishning dastlabki bir yarim yilida amallar kichik sonlar ustida bajarilganda va qo`shish bilan ayirish jadvallari faqat o`zlashtirilib borayotgan paytda, o`quvchilar hisoblashning og`zaki usullardan foydalanadilar.
Ikkinchi o`quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, 1000 ni o`rganishga o`tish bilan hisobning asosiy formasi yozma nisoblash bo`ladi. Shu bilan birda o`quvchilarni og`zaki hisoblashning har xil usullari bilan tanishtirish va tez ogzaki hisob malakalari yaratish ishlari arifmetika kursining oxirigacha da`vom ettirishishi kerak bunda 100 ichidagi va katta sonlar bilan hisoblashni 100 ichidagi hisoblashga keltirish mumkun bo`lgan hollarda og`zaki tez hisoblash malakalarini yaratishga ko`proq e`tibor berish lozim.
Masalan 120x3=12x10x3=36x10=360
480:6=48x10:6=8x10=80
25000+36000=25x1000+36x1000=61000
O`qituvchi birinchi o`quv yili boshida og`zaki hisoblashdan sof eshitish mashqlarini olib boradi. O`quvchilar yozma nomerlash va amallarning ishoralarini tanishganlardan keyingina asta-sekin ko`rish-eshitish bilan og`zaki hisob va yarim yozma hisoblashlarga o`tiladi.
Boshlang`ich maktab II sinfining ikkinchi yarmida hamda III va IV sinflarda asosan og`zaki hisobni ko`rish-eshitish mashqlari ustida olib boriladi. Bu sinflarda masalalarni og`zaki yechish va tez hisoblash mashqlariga har kuni 5-7 minut vaqt berish lozim. Bundan ortiq vaqt berish ma`qul emas, chunki og`zaki hisoblashda bolalar (intensivroq) butun kuchlarini berib ishlaydilar va shunga ko`ra ortiq darajada charchab qolishlari ehtimol. Og`zaki hisobni qancha vaqt davom qildirish kerakligini ko`pincha o`qituvchi o`zi aniqlaydi, chunki og`zaki hisobga beriladigan vaqt ko`p sabablarga, masalan: o`quvchilarning aktivligiga, ularning tayyorgarligiga, materiallarning sifatiga va boshqalarga bog`liqdir.
Yuqorida ko`rsatilgan 5-7 minutlik og`zaki hisobni darsning qaysi paytida o`tkazish kerak degan so`roqqa javob berishimiz lozim.
Juda ko`p maktablarning tajribasida bu ishni darsning boshida, uy ishlarini tekshirishning ketidanoq qo`yadilar. Buni shablon qilib yuborish yaramaydi, og`zaki hisobni darsning o`rtasida ham, masalan yangi chiqarilgan qoidani o`qituvchining rahbarligi ostida misol va masalalar yechish bilan mustahkamlash uchun mustaqil ishga kirishish oldindan ham quyi mumkin; masalalar ko`proq yechiladigan darslarda o`qituvchi o`quvchilarning charchaganini sezib qolsa, o`sha paytda og`zaki hisob beriladi. Og`zaki hisob ishni turlantiradi, jonlantiradi, sinfni “silkitib” yuboradi.
Og`zaki hisob ko`p turli bo`ladi. Biz ularning hammasi ustida to`xtalib tura olmaymiz, bu mumkin ham emas, chunki ilg`or o`qituvchilarimiz bir joyda turib qolmaydilar. Ijodkor o`qituvchi og`zaki hisobning yangi turlarini ijod qilib turadilar. Albatta, og`zaki hisobning ba`zi bir turlarini ommaviy maktablarga tavsiya qilishdan oldin, ularni tekshirib chiqish kerak bo`ladi. Biz og`zaki hisobning ishlatiladigan turlariga to`xtalib o`tamiz.
Bunda shuni qayd etib o`tish kerakki, albatta bu turlarni tugal ishlanib chiqqan deb bo`lmaydi.
III va IV sinflarda olib boriladigan ishitish va ko`rish sezgilariga asoslangan mashqlarning turlari juda ko`pdir. Biz bularning ba`zi birlarigagina to`xtalib o`tamiz.
-
Doskaga misollar yozish. O`qituvchi doskaga bir qator sonlar yozadi, keyin ularni ko`rsatgich bilan ko`rsatadi, o`quvchilar og`zaki ravishda hisoblab boradilar va o`qituvchining chaqirishi bilan javob beradilar. Bu usul katta sonlar ustidagi mashqlarda, og`zaki hisobning xususiy yo`llarida va tartibga solingan (murakkab) masalalarni yechishda ishlatiladi.
-
Plakatlar,sanoq figuralari va jadballari.
-
martel “hisob siferblati”
-
shjxor – Troskiy jadvali
-
eminov jadvali
-
eyker qatorlari
-
“hisob darajalari”
-
“hisob feguralri”
-
Qiziqarli rvdratlar
O`qituvchi shu ko`rsatilgan qo`rollardan birontasi doskaga osadi; ko`satkich bilan sonlarni ko`rsatadi va hisoblashni taklif qiladi. O`qituvchilar ichlarida hisoblab oladi qo`llariniko`taradilar.
Eshitish mashqkarining turlari;
1) bir amalli misollar
2) 2,3,4,5, bo`inli misollar
3) topishmoq masala
4) tartibga solingan ko`rinishdagi masala
Ko`rish ishitish mashqlari ham, shuningdek eshitish mashqlari ham bunday shakllarda ham berilishi mumkun:
-
misollar
-
kankret mazmunin bo`lmagan masalalar
-
kankret mazmunli masalalar
kankret mazmuni bo`magan masalalarning bir qismini ko`rib chiqamiz.
Bu masalalar o`zlarining tuzilishi jihatidan hamma sinflar uchun juda ko`p turli bo`lishlari mumkun. Ulardan ba`zilariga to`xtalamiz.
-
Qo`shishga doir masalalar
-
18 ga 98 qo`shilsa, qancha bo`ladi?
-
12 bilan 76 qo`shilsa, qancha bo`ladi?
-
58 ni 2 ta orttiring
-
49 dan 3 ta ortiq sonni toping?
-
Qaysi biri katta: 28 va 31 yig`indisimi yoki 42 bilan 17 yig`indisimi?
-
Men bir son o`yladim, undan 75 ni oldim, 28 qoldi, men uylagan son qaysi?
Qanday sonni 13 ta kamaytirsa, 57 chiqadi?
-
Qanday sonni 13 ta kamaytirilsa 57 chiqadi?
-
92 hosil qilish uchun qaysi sondan 18 ni olish kerak?
-
Qaysi sonni 47 ta kamaytirilsa, 53 chiqadi?
-
Ayiriluvchi 42 va ayirma 378 bo`yicha, kamayuvchi topilsin
-
Agar qo`shiluvchilardan biri 174 ta, ikkinchisi 288 ta orttirilsa
( kamaytirilsa ), yig`indi qanday o`zgaradi? Agar kamaytiruvchini 147 kamay ( orttirib), ayiruvchi 163 orttirilsa ( kamaytirilsa ), ayirma nima qiladi?
-
25 dan kichik bo`lgan qanday ikki sondan 40 ni tuzib bo`ladi?
-
Ayirishga doir savollar:
-
12 ta kam 47 qanchaga teng?
-
52 minus 18 chi?
-
310 dan 118 ta kam sonni ayting.
-
158 hosil qilish uchun 372 ni nima qilish kerak?
-
Qanday ikkita (uchta) qo`shiluvchidan 100 ni hosil qilish mumkin?
-
137 ni 200 ga, 1000 ga to`ldiruvchi sonlarni ayting?
-
72 ni 7 ta birlik kamaytiring.
-
40 hosil qilish uchun 26 ga qaysi sonni qo`shish kerak?
-
65 hosil qilish uchun 73 dan qanchani olish kerak.
-
Men bir son o`yladim, unga 60 ni qo`shdim, 100 hosil bo`ldi. Men qanday son o`ylaganman?
-
Men bir son o`yladim, uni 69 ta orttirdim (kamaytirdim), 90 hosil bo`ldi. Men qanday son o`ylaganman?
-
Agar o`ylagan sonimni 100 dan olsam, 73 qoladi. Men o`ylagan son qaysi?
-
75 soni 37 dan qancha ortiq?
-
794 hosil qilish uchun 901 dan qanchani olish kerak?
-
188 hosil qilish uchun 547 ni qanday o`zgartirish kerak?
-
Ikki qo`shiluvchining yig`indisi -596. qo`shiluvchilardan biri 377. ikkinchisini toping.
-
Kamayuvchi 153 va ayirma 47, ayriluvchi topilsin.
-
Agar kamayuvchiga 402, ayriluvchiga esa 283 qo`shilsa, ayirma qanday o`zgaradi?
-
Agar kamayuvchi va ayriluvchidan 156 tadan olinsa, ayirma qanday o`zgaradi?
III. Ko`paytirish va bo`lishga doir masalalar.
-
men bir son o`yladim, uni 8 marta orttirdim (kamaytirdim), 72 hosil bo`ldi. Men qanday son o`ylaganman?
-
84 hosil qilish uchun qanday sonni 6 ga ko`paytirish (bo`lish) kerak.
-
60 dan 4 marta katta (kichik) sonni aytib bering.
-
Bir sonni 8 ta teng bo`lakka bo`lindi va har bir bo`lagida 11 hosil qilindi. Qanday sonni bo`lingan?
-
Qanday ikkita (uchta) ko`paytuvchidan 72 hosil qilish mumkin?
-
60 sonni 20dan kichik sonlardan qaysilariga qoldiqsiz bo`linadi?
-
144 hosil qilish uchun bir-biriga teng bo`lgan qanday ikki sonni ko`paytirish kerak?
-
68 hosil qilish uchun 17 talab necha marta olish kerak?
-
Ko`paytuvchini 27 marta, ko`paytiruvchini esa 9 marta orttirilsa, ko`paytma qanday o`zgaradi?
-
Agar ko`payuvchini 18 marta orttirib ko`payuvchini 180 marta kamaytirilsa, ko`paytma nima qiladi?
-
Bo`linuvchini 54 marta orttirib, bo`luvchini 9 marta kamaytirilsa, bo`linma qanday o`zgaradi?
-
Agar bo`linuvchi 5 marta, bo`luvchi esa 105 marta orttirilsa, bo`linma nima qiladi?
-
125 qanday sonning 6 dan bir qismini tashkil etadi?
-
Ko`paytma 175, ko`paytuvchilardan biri 25 bo`lsa, ikkinchi ko`paytiriluvchi topilsin.
IV. Hamma amallarga doir.
-
Agar 15 ga 21 qo`shilsa , hosil bo`lgan son o`ylangan sondan 9 marta katta bo`ladi. Qanday son o`yladim?
-
Agar 40 ni 8 ga bo`linsa, hosil bo`lgan son o`ylangan sondan 10 marta kichik bo`ladi. Men qanday son o`ylaganman?
-
Men bir son o`yladim, uni 7 marta ortirdim, hosil bo`lgan songa 8 ni qo`shdim va natija 50 bo`ladi. Men qanday son o`yladim?
-
42 ning ichida 8 necha marta bor va qancha qoldiq chiqadi?
-
Qanday sonni 7 ga bo`lganda, bo`linmada 6 chiqib, 3 ta ortib qoladi?
-
Agar bo`linuvchi 280, bo`linma 25 va qoldiq 5 bo`lsa, bo`luvchi qancha bo`ladi?
-
Qaysi biri katta va qancha katta: 72 bilan 18 mm yoki 12 ta kam 100 mm?
-
Eng kichik ikki xonali sonni, eng katta uch xonalai sonni, eng kichik uch xonali sondan 2 marta katta sonni, eng katta ikki xonali sondan ikkita katta (kichik) sonni aytib bering.
-
4 ga bo`linadigan 30 dan katta va 60 dan kichik hamma sonlarni aytib bering.
O`qituvchining o`zi savollarga ko`p turlilik kirgizishi kerak, chunki ular darsni jonlantiradi, diqqatni tarbiyalaydi, zehnni ochadi va masalalar yechishga yaxshi tayyorgarlik bo`ladi.
Boshlang`ich maktab matematika dasturida aytilgan: “Og`zaki hisob mashg`ulotlarini o`tkazishda og`zaki hisoblashlarning faqat soddalashtirilgan usullari bilan cheklanib qolish kerak emas, balki o`quvchilarni og`zaki hisoblashning umumiy usullari ustida ham mumkin qadar ko`p mashq qilish lozim”.
Darsda ajratilgan 5-7 minut davomida o`tkaziladigan og`zaki hisobdan tashqari, yozma hisoblashda ham zehnda bajarish oson bo`lgan hisoblashlarning hammasi og`zaki ishlanishi kerak.
Masalan, ikki xonali songa bo`lishda bo`luvchini bo`linmaning har bir xonasiga ko`paytirishdan chiqqan ko`paytmalarni ayirish amallari og`zaki bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |